Pardaeva Shahlo Saxibjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kon kompressor uskunalarini sovutish tizimini takomillashtirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5279.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Rashid Olimovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yuldoshov Husniddin Ergashovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sovutish tizimini takomillashtirish asosida kon kompressor uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompressorning gradirnyali sovutkichida purkalanayotgan suvning sovutilish samaradorligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash imkonini beruvchi matematik model yaratilgan;
ishlab chiqilgan gradirnyali sovutkichning uyurmali suv purkash forsunkasining suvni samarali sovutilishi uyurmali forsunka kuraklarining joylashuv burchaklari va radiusiga bog‘liqligi o‘rnatilgan hamda uyurmali forsunkaning optimal konstruktiv parametrlari aniqlangan;
porshenli kompressorlarning oraliq havo sovutkichlari issiqlik almashinuvi yuzalarida hosil bo‘ladigan qurum qalinligining issiqlik almashinuvi jarayoniga salbiy ta’siri kattaliklarini hisoblash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;  
kompressorning oraliq va so‘nggi havo sovutkichini metall quvurlari ichki yuzalaridan qurumni samarali tozalashda ultratovushli akustik qurilma hosil qiladigan tebranishlar amplitudasi chastotasi va impulslar davomiyligining optimal kattaliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovutish tizimini takomillashtirish natijasida kon kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompressor gradirnyali sovutgichining suv taqsimlash moslamasidagi suv purkash forsunkasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Angren» kon boshqarmasi «Qizil olma» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 12 dekabrdagi 12-23/61-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv purkash forsunkasining ishchanligi va samaradorligi oshganligi aniqlandi hamda sovutuvchi aylanma suvning haroratini bazaviy forsunkaga nisbatan 6℃ gacha yaxshi sovutish imkonini bergan;
kompressor havo sovutgichlarining issiqlik almashinuvi uskunalari yuzalarida qurum ko‘rinishidagi ifloslovchi qatlamlarni tozalash va ularni hosil bo‘lishini bartaraf etish imkonini beruvchi ultratovush qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Angren» kon boshqarmasi «Qizil olma» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 12 dekabrdagi 12-23/61-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, havo sovutgichlarida qurum hosil bo‘lishini 95% gacha kamaytirishga hamda kompressorning kutilmagan to‘xtalishlar sonini 35% gacha kamaytirishga va oraliq sovutgichda siqilgan havoning samarali sovutilishi evaziga kompressorning havo siqish uchun sarflanadigan energiya sarfini 2% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish