Imatov Azat Maratovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi faoliyatining konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu61.

Ilmiy rahbar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Najimov Maxmud Kamaliddinovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Jo‘qorg‘i Kenges faoliyatini tizimli va kompleks tahlil etish asosida uning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining nazorat vakolatlarga egaligi va ushbu vakolatlar doirasini kengaytirish ehtiyoji mavjudligi tufayli unga parlament nazorati sub’ekti maqomini berish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;

Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumiga Vazirlar Kengashi a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish vakolatini berish zarurati asoslab berilgan.

Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida Vazirlar Kengashining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasi yuzasidan uning fraksiyalari va qo‘mitalari tavsiyalarini har tomonlama majburiy muhokama qilish to‘g‘risidagi me’yorni belgilash zarurati asoslangan;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatish to‘g‘risidagi Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarorlarining Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tasdiqlanishi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanat va bir-birini tiyib turish prinsipiga muvofiq bo‘lishi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi faoliyatining konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

parlament nazorati sub’ektlari qatoriga Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumini ham kiritish to‘g‘risidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesning Qonunchilik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi 03-135-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qoraqalpog‘iston Repsublikasida Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumiga parlament nazorati sub’ekti maqomini berib, uning nazorat vakolatlarini belgilash va yanada samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;

Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumiga Vazirlar Kengashi a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismida aks etgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesning Qonunchilik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi 03-135-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Vazirlar Kengashi a’zolari faoliyati ustidan parlament nazorati samaradorligi va ta’sirchanligini oshirgan;

Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida Vazirlar Kengashining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasi yuzasidan uning fraksiyalari va qo‘mitalari tavsiyalarini har tomonlama muhokama qilish to‘g‘risidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesning Qonunchilik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi 03-135-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari har yilgi ma’ruzasi to‘g‘risidagi Jo‘qorg‘i Kenges qarorini qabul qilishda qo‘mitalar va fraksiyalarning amaliy ishtirokini ta’minlash, Hukumat faoliyatini ob’ektiv baholash va yanada rivojlantirish vazifalarini belgilashga xizmat qilgan;

Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatish to‘g‘risidagi qarorlarining Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tasdiqlanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonuni 37-moddasining uchinchi qismiga joriy qilingan (Jo‘qorg‘i Kengesning Qonunchilik, sud-huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasining 2018 yil 30 avgustdagi 03-746-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatishda Jo‘qorg‘i Kenges barcha deputatlarining ishtirokini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish