O‘rinova Durdona Farhodovna 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/Ped10307
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxsieva Aziza Shamsutdinovna. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Jabborov Ulug‘bek Abdurahmonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish hamda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kreativ metodlar orqali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari bilish faolligini boshqarishning refleksiv namoyon bo‘lishiga asoslanib, matndagi grammatik tuzilmalarni metodik-funksional modellashtirish va ijodiy-semantik transformatsiyalash asosida aniqlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli komponentlarining didaktik birligini nutqning fonetik, leksik, morfologik elementlari bilan matnning sintaktik aloqalarini strukturaviy lingvistik va analitik tajribaning diagnostik tahliliga ko‘ra taʼminlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni shaxsning o‘z imkoniyatlarini baholovchi muloqot muhitini tashkil etishda web-2.0 texnologiyalarida taʼlimiy va raqamli texnologiyalarning integrativligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi matnning assotsiativ bog‘lanishlarini so‘zlarning paradigmatik munosabatlarini hisobga olgan holda yuzaga keltirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kreativ metodlar orqali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari bilish faolligini boshqarishning refleksiv namoyon bo‘lishiga asoslanib, matndagi grammatik tuzilmalarni metodik-funksional modellashtirish va ijodiy-semantik transformatsiyalash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “ Teaching English methodology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining  2025-yil 24-iyuldagi 22-01-315/22-son dalolatnomasi).  Natijada, talabalarining bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli komponentlarining didaktik birligini nutqning fonetik, leksik, morfologik elementlari bilan matnning sintaktik aloqalarini strukturaviy lingvistik va analitik tajribaning diagnostik tahliliga ko‘ra taʼminlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Teaching English methodology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining  2025-yil 24-iyuldagi 22-01-315/22-son dalolatnomasi). Natijada, kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli samaradorligi oshgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni shaxsning o‘z imkoniyatlarini baholovchi  muloqot muhitining tashkil etishda web-2.0 texnologiyalarida taʼlimiy va raqamli texnologiyalarning integrativligiga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Teaching English methodology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining  2025-yil 24-iyuldagi 22-01-315/22-son dalolatnomasi). Natijada, kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi matnning assotsiativ bog‘lanishlarini so‘zlarning paradigmatik munosabatlarini hisobga olgan holda yuzaga keltirish asosida oshirilishiga oid tavsiyalar “Teaching English methodology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining  2025-yil 24-iyuldagi 22-01-315/22-son dalolatnomasi). Natijada, kreativ metodlar orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish