Elova Sitora Axmatkulovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qisqa masofaga yuguruvchilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7696.
Ilmiy rahbar: Danieva Yarqinoy Charievna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Sherov Zokir To‘ylievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sprint mafosaga yuguruvchilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qisqa masofaga yuguruvchi talaba sportchilarni startdan chiqish texnikasini o‘zlashtirishda oyoqning to‘rt boshli yozuvchi va bukuvchi, boldirning kombolasion va oyoq panjasi paylari hamda qorin bel mushaklarini rivojlantirish hisobiga startdan chiqish texnikasini takomillashtirish.
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni turli mikrotsikllar (hajmli, shiddatli, zarbdor, nazorat va musobaqa oldi) jarayonida 0.5 kg-1 kg gacha bo‘lgan manjetlarni oyoqning to‘pik qismiga taqib turli balandlikdagi g‘ovlar ustidan sakrab bajariladigan mashqlar seriyasini qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan.
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishlab chiqilgan maxsus g‘ovlar to‘plami bilan yugurib va sakrab bajariladigan mashqlar kompleksini kiritish hisobiga sprinterlarni tezkor-kuch qobilyatlarni oshirishga erishilgan; 
qisqa masofaga yugurvchi talaba sportchilarning musobaqalarga tayyorlash mezotsikllarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqishda shiddatli, o‘sib boruvchi, bitta me’yorlashtiruvchi mikrotsikllarni mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga sportchilarni musobaqalarga tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sprint mafosaga yuguruvchilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
qisqa masofalarga yuguruvchi talabalarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun tayyorgarlikdagi mashg‘ulotlarida turli balandlikdagi g‘ovlardan yugurib va sakrab bajariladigan oyoqning bukuvchi va yozuvchi mushaklarini yuqori tempda ishlashi orqali portlovchi-kuch hamda qo‘l harakatini maksimal harakatlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti qisqa masofaga yuguruvchi talaba-yoshlar mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4198-son ma’lumotnomasi). Natiajada, qisqa masofaga yuguruvchi talaba-yoshlarni tezkor-kuch qobiliyati 11 % ga yaxshilangan;
talaba-sportchilarni tezkor-kuch sifatinirivojlantirish uchun mashg‘ulotlar mezotsiklida og‘ir atletika vositalaridan foydalangan holda regressiv yuklamalarni sportchi  vaznini inobatga olgan holda og‘irliklar oshirilib har bir mashqni maksimal shiddatda qo‘llash orqali mushak tolalari faolligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Termiz davlat universiteti qisqa masofaga yuguruvchi talaba-yoshlarning mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4198-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa masofalarga yuguruvchilarda tezlik sifati 7 % ga yaxshilangan;
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda submaksimal shiddat zonasida anaerob-alaktat va maksimal shiddat zonasida anaerob-glikolitik jarayonga oraganizmni moslashtirish orqali belgilangan masofalarni bo‘laklab yugurib o‘tish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat pedagogika instituti qisqa masofaga yuguruvchi talaba-yoshlarning mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4198-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik tayyorgarligida nafas olish ritmini takomillashtirish asosida qadam uzunligi va soni, qadam chastotasi samaradorligini oshirish hisobiga sport natijalari 10 % ga yaxshilangan;
qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash uchun kuch va tezlikni bir vaqtda rivojlantiriuvchi qarshilik bilan mashq qilish imkonini beruvchi yugurish fazalarining individual xususiyatlarini tahlil qilish, sportchining tezkor-kuch nisbatini optimalashtirishda zamonaviy texnologiyalar yordamida tezkor-kuch sifatinirivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti qisqa masofaga yuguruvchi talaba-yoshlar mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4198-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi sinaluvchilarida tezkor-kuch qobiliyati 6 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish