Ashurova Sevara Ilxom qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-11 sinf o‘quvchilari jismoniy tayyorgarligini voleybol sport turi orqali rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5296.
Ilmiy rahbar: Shopulatov Abdimalik Nurullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kdirova Muhabbat Allanazarovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf o‘quvchilarining voleybol sport turi vositalari orqali jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktabi 10-11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir etuvchi voleybolga doir mashqlar majmuining mashq shiddati, takrorlanishlar, tiklanish vaqti bo‘yicha me’yorlarini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning chaqqonlik sifatlari rivojlantirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun ishlab chiqilgan ikki bosqichdan iborat dastur yordamida mashg‘ulotlarni voleybol sport turiga ixtisoslashtirish hamda dars jarayonlari shiddatini optimallashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumta’lim maktabi 10-11-sinf o‘quvchilari funksional holatini oshirish maqsadida voleybolga doir mashqlarni seleksiya qilish hamda ularni yosh toifalariga ajratishni o‘zida mujassam etuvchi mashqlar majmui yordamida ijobiy ta’sirini baholash va jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarining aralash aerob-anaerob xususiyatda tashkil etiladigan 2-5 shiddat zonalaridagi o‘zgaruvchan mashgʻulotlar uchun mashq va tiklanish vaqti nisbatlarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarida qo‘llash hisobiga yuklamadan so‘ng tiklanish jarayoni optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-11-sinf o‘quvchilarining voleybol sport turi vositalari orqali jismoniy tayyorgarligini oshirish doirasida olib borilgan tadqiqot ishi asosida: 
umumta’lim maktabi 10-11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir etuvchi voleybolga doir mashqlar majmuining mashq shiddati, takrorlanishlar, tiklanish vaqti bo‘yicha me’yorlari bo‘yicha takliflar Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning dars jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 03-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tayyorgarlik darajasi 9 % ga yaxshilashga erishilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun ishlab chiqilgan ikki bosqichdan iborat dastur bo‘yicha takliflar Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tabiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 03-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, chaqqqonlik jismoniy sifati 12,7%ga yaxshilangan; 
umumta’lim maktabi 10-11-sinf o‘quvchilari funksional holatini oshirish maqsadida voleybolga doir mashqlarni seleksiya qilish hamda ularni yosh toifalariga ajratishni o‘zida mujassam etuvchi mashqlar majmui doir tavsiyalar Navoiy viloyati Navoiy shaxridagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 
2025-yil 03-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning chidamlilik 11,4 % ga, tezkorlik 10,1 % ga sifatlari oshirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarining aralash aerob-anaerob xususiyatda tashkil etiladigan 2-5 shiddat zonalaridagi o‘zgaruvchan mashgʻulotlar uchun mashq va tiklanish vaqti nisbatlarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand tumanidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 03-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada maktabdan tashqari jismoniy tarbiya jarayonida voleybolga xos mashqlarni samarali tashkil etish uslubiyati takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish