Alieva Mushtari Zaylobidin qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ayrim 3d-metallarni 2-amino-1,3,4-tiadiazol va dikarbon kislotalar bilan aralash ligandli kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K860.
Ilmiy rahbar: Nuralieva Go‘zal Abduhamidovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuhra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimova Mavluda Ro‘zimetovna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-amino-1,3,4-tiadiazol va dikarbon kislotalar asosidagi Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Mn(II) tuzlari bilan aralash ligandli kompleks birikmalarning sintezi, tarkibi, tuzilishi va xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Mn(II) tuzlarini 2-amino-1,3,4-tiadiazol hamda malon, qahrabo, glutar va adipin kislotalar bilan aralash ligandli 20 ta kompleks birikmalar va 2 ta kompleks tuz sintez qilindi;
zamonaviy kvant-kimyoviy hisoblashlar asosida aralash ligandli kompleks birikmalarning elektron tuzilishi, energetik va geometrik parametrlari, bogʻlanish burchagi, bogʻ uzunligi, atomlarning zaryad taqsimoti va HOMO va LUMO energiya qiymatlari aniqlandi;
Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Mn(II) 2-amino-1,3,4-tiadiazol va malon, qahrabo, glutar, adipin kislotalar bilan koordinatsiyalanishuvi metall tabiatiga bog‘liq bo‘lib, neytral va polimer tuzilishli kompleks birikmalar hosil qilishi aniqlandi;
Cu(II) va Zn(II) 2-amino-1,3,4-tiadiazol va dikarbon kislotalar bilan aralash ligandli kompleks birikmalarida qahrabo kislota ko‘priksimon monodentat holda koordinasion birikmlar hosil qilganligi aniqlandi;
ilk bor rentgen tuzilish tahlil usuli asosida [Mn(Mal)Cl2(H2O)2](L)2 oktaedr, [Zn2(L)2(Suc)2]n kvadrat piramida, [C2H3N3S·C6H10O4] va [C2H4N3S]NO3 birikmalarning tuzilishli aniqlandi;
[Zn2(L)2(Suc)2]n, [Co(L)2(Suc)2(H2O)2], [Cu2(L)2(Suc)2]n kompleks birikmalar "Veterinariya dori vositalari, ozuqaviy qo‘shimchalar va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi" qoshidagi laboratoriyada zaharlilik darajasi o‘rganildi va “kam zaharli” kimyoviy birikmalar toyifasiga kirishi aniqlandi;
kompleks birikmalar “in silico” yondashuvi yordamida patogen bakteriyalar ribonukleazasiga tegishli 1BNI oqsiliga bog‘lanish energiyasi o‘rganildi, oqsil bilan hosil qilgan bog‘lanish energiyasi qiymati ortib borishi qatori keltirildi: [Zn2(L)2(Adp)(H2O)2]n <[Zn(L)2(Mal)] < [Zn2(L)2(Glu)(H2O)2]n < [Zn2(L)2(Suc)]n.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-amino-1,3,4-tiadiazol va dikarbon kislotalarni 3d-metallar bilan yangi biologik faol kompleks birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Zn2(L)2(Suc)2]n tarkibli kompleksning rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Data base, https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2025.142274, CCDC 2341548). Natijada bu sintez qilingan birikmalarga o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
GM-7 biopreparat Andijon viloyati Buloqboshi tumani fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 23-iyundagi 05/06-02-495-son ma’lumotnomasi). Natijada, GM-7 preparatidan foydalanilganda pomidor barglar sonining 6-7 tagacha ko‘payganligi, barglar sathi kengayganligi hamda nazoratga nisbatan 7-8 kun oldin gullaganligi, pomidor o‘simligida kuzatiladigan fitopatogen kasalliklar 70% gacha kamaygan, hosildorlik esa gektariga 15-17% foizga oshgan.