Raximova Manzura Bozor qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hajmga bog‘liq hujayraviy jarayonlarga glisirret kislotasi hosilalari va supramolekulyar komplekslarining ta’siri”, 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B966.
Ilmiy rahbar: Merzlyak Petr Grigorevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali A’zamovich, biologiya fanlari doktori; Muxtorov Alisher Abdugafor o’g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Glisirret kislotasi hosilalari va supramolekulyar komplekslarining hajmga bog‘liq hujayraviy jarayonlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba glisirret kislotaning C-3 va C-30 pozisiyalaridagi efir hosilalari asl molekulaga xos bo‘lgan gemolitik faollikni yo‘qotishi va gipoosmotik stress sharoitida timotsitlar hajm boshqarilishini ingibirlash xususiyatini keskin kamayishi aniqlandi; bu C-3 pozisiyasidagi OH va C-30 pozisiyasida COOH guruhlari GlK biologik faolligining kritik determinantlari ekanligidan dalolat beradi;
alkaloidlar va geterohalqali aminlar, shuningdek sulfanilamid preparatlari bilan glisirret kislotasining barqaror komplekslarini hosil qilish fakti spektrofotometrik tarzda aniqlangan;
2-aminotiazol va 2-aminobenzotiazol bilan kompleks hosil bo‘lishi GlK ning gemolitik faolligini oshiradi, 3-amino-1,2,4-triazol, lupinin, epilupinin, psevdoefedrin va efedrin bilan bog‘lanishi esa uni zaiflashtiradi; shuningdek barcha o‘rganilgan azotli ligandlar bilan kompleks hosil bo‘lishi glisirret kislotaning timotsitlar hajm boshqarilishini ingibirlash qobiliyatini keskin zaiflashtirgan;
aniqlandiki, sulfapiridazin bilan kompleks hosil bo‘lishi GlK ning gemolitik faolligini neytrallaydi, streptotsid, sulfametoksazol, sulgin, norsulfazol va sulfalin esa uni kuchaytiradi; sulfapiridazin va sulfalin GlK ning timotsitlar hajm boshqarilishi bo‘yicha ingibirlash ta’sirini zaiflashtiradi, streptotsid, sulfametoksazol, ftalazol va sulfadimezin esa uni kuchaytirgan;
kompleks hosil bo‘lishining gemoliz va hajm boshqarilishiga turli yo‘nalishli ta’siri hamda Xill koeffisienti qiymatlaridagi katta farq glisirret kislotasining ushbu ikki turdagi biologik faolligi mexanizmi tubdan farq qilishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Glisirret kislota, uning hosilalari va supramolekulyar komplekslarining hajmga bog‘liq hujayraviy jarayonlarga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
glisirret kislotasi hosilalari va uning supramolekulyar komplekslarining eritrotsitlar gemoliziga va timotsitlar hajm boshqarilishiga ta’sirini o‘rganishda olingan natijalar “O‘simliklardan olinadigan terpenoid birikmalarni (gossipol, glisirrizin, glisirret, betulin kislotalar va ular analoglari) kimyoviy modifikatsiya qilish va ularning tuzilishi, biologik faolligini tuzilishiga bog‘liqligini tadqiq etish” mavzusidagi O‘zFA Bioorganik kimyo instituti Quyimolekulyar biologik faol birikmalar laboratoriyasida bajarilgan ilmiy tadqiqotda ba’zi terpenoid birikmalar va ular hosilalarining gipoosmotik stressda timotsitlar hajm boshqarilishiga va izoosmotik sharoitda eritrotsitlardan gemoglobin chiqishiga biologik ta’sirini aniqlashtirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 21-iyundagi 4/1255-1380-son maʼlumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan preparatlar hujayra hajm boshqarilish tizimini qisman ingibirlashi va ular o‘rtacha va yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan;
glisirret kislotasi va uning hosilalarining gemolitik hamda hajm boshqarilishini ingibirlovchi ta’sir mexanizmini aniqlash natijalari yuqori impakt faktorli va Scopus Cite Score ga ega xorijiy ilmiy jurnallarda tabiiy biologik faol birikmalarning hujayra membranalariga ta’sirini o‘rganishda foydalanilgan: (Biomedicine & Pharmacotherapy, 2025, V. 184, 117875, Scopus Cite Score – 12,8, IF – 7,5; Steroids, 2025, V. 221, 109653, Scopus Cite Score – 4,3, IF – 4,3; Journal of HerbMed Pharmacology, 2023, V. 13(1) 137–143, Scopus Cite Score – 2,4). Ilmiy natijalardan foydalanish turli guruhlarga mansub biologik faol moddalarning inson eritrotsitlari va timotsitlar hajm boshqarilish tizimiga ta’sirini tavsiflash imkonini berdi.