Karimov Sirojiddin Qayum o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuvi bosqichida malakali kurashchilarning texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish asosida musoboqa samaradorligini oshirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10464.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Sherzod Sirlibaevich pedagogika fanlari bo‘ycha falsafa doktiri (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tashnazarov Djasur Yoldashvich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuvi bosqichidagi malakali kurashchilarning texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish asosida musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport takomillashuv bosqichidagi malakali kurashchilarni texnik tayyorgarligini oshirish uchun texnik-taktik harakatlarning faolligi, ishonchliligi, samaradorligi va xilma-xilligini musobaqa faoliyatida yetakchi parametrlarini aniqlash hisobiga texnik xatolarni bartaraf etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport takomillashuvi bosqichida yosh kurashchilarning taktik harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan musobaqa oldi mezotsikli va tarkibiy komponentlarini inobatga olgan holda mikrotsikllarning  oqilona tuzilmasini takomillashtirish hisobiga musobaqalarga tizimli tayyorlash samaradorligi oshirilgan;
sport takomillashuv guruh mashg‘ulotlarini rejalashtirish uchun malakali kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tuzilishi va kombinatsion kurash olib borish uslubini takomillashtirish asosida mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik bosqichida tajribaviy tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish hisobiga kurashchilarni kompleks tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali kurashchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun oyoqlarni portlovchi kuchi, elka kamari mushak kuchi, orqa mushaklari hamda qorin muashaklar kuchini rivojlantirishga qaratilgan og‘irlikdagi mashqlar me’yorini taqsimlash orqali tabaqalashtirilgan mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga kuch turlarini operativ rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sport takomillashuvi bosqichidagi malakali kurashchilarning texnik-taktik tayorgarligini takomillashtirish jarayonida olingan natijalar asosida:
sport takomillashuv bosqichidagi malakali kurashchilarni texnik tayyorgarligini oshirish uchun texnik-taktik harakatlarning faolligi, ishonchliligi, samaradorligi va xilma-xilligini musobaqa faoliyatida yetakchi parametrlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (Kurash)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligini 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3834-sonli buyrug‘iga asosan). Natijada, malakali kurashchilarning musobaqalarga bevosita tayyorgarlik bosqichida texnik tayyorgarligi 17 % ga oshgan;
sport takomillashuvi bosqichida yosh kurashchilarning taktik harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan musobaqa oldi mezotsikli va uni tashkil etuvchi mikrotsikllarining eng oqilona tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurashchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3834-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, malakali kurashchilarning taktik tayyorgarligi o‘rtacha 15,2% ga yaxshilangan;
sport takomillashuv guruh mashg‘ulotlarini rejalashtirish uchun malakali kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini oqilona tuzish va kombinatsion kurash olib borish uslubini takomillashtirish asosida mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik bosqichida tajribaviy tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurashchilarining mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3834-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 15% ga yahshilangan; 
malakali kurashchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun oyoqlarni portlovchi kuchi, elka kamari mushak kuchi,orqa mushaklari hamda qorin muashaklar kuchini rivojlantirishga qaratilgan og‘irlikdagi mashqlar me’yorini taqsimlash orqali tabaqalashtirilgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 2-son sport maktab” sport takomillashuvi bosqichida malakali kurashchilarning mashg‘ulot jarayonga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3834-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston chempionati va jahon chempionati yakunlariga ko‘ra 
2 kurashchilar o‘rta vazn toifasida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish