Kukiboeva Mahliyo Maxmudjanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarga ingliz tili grammatikasini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘rgatish texnologiyasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Ped1963
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Kushieva Nodira Xabibjonovna pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent; Saidova Muhabbatxon Shukrullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalariga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ingliz tili grammatikasini o‘rgatish metodikasi va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi grammatik ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy metodologik ta’minoti pedagogik (ta’limiy, ilmiylik, ko‘rgazmalilik, uzviylik va izchillik), psixologik (ijtimoiy, shaxsiy, motivasion, kognitiv va kreativ), metodik (til, nutqiy, grammatik, kommunikativ va qiyosiy) va lingvodidaktik (grammatik birliklarni tanlash, mashq qilish, qo‘llash) imkoniyatlarini didaktik aspektda asoslash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning grammatik ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishdagi til ichki va tillararo qiyinchilik hamda xatolar tipologiyasining (interferensiya) mazmuniy mosligi, tabiiy nutqiy vaziyat, til bilish darajasiga moslik kabi metodik talablar doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarini qiyosiy o‘rganishdagi til tajribasini hisobga olish tamoyillarini produktiv konstruksiyalash metodikasi asosida ishlab chiqilgan;
talabalarining utqiy malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga xizmat qiluvchi grammatik mashq va topshiriqlar tizimi  – tilning akkumulyativ, kommunikativ va kognitiv funksiyalaridan foydalanish orqali grammatik materialni tanlashga qo‘yiladigan talablarni – grammatikaning tuzilish, ma’noviy va qo‘llashga doir metodik tomonlarining o‘rganilayotgan ingliz tilining madaniy, sotsiolingvistik, nutqiy me’yorlarini o‘zaro qiyoslash tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
ingliz tili grammatikasini  o‘rgatish texnologiyasi o‘z fikrini ifodalash (self-expression), o‘zini ko‘rsata bilish (self-realisation), o‘ziga bo‘lgan ishonch (self-confidence), o‘ziga baho berish (self-evaluation), o‘zini-o‘zi baholash (self-checklist) kabi shaxsga yo‘naltirilgan va tillar o‘qitish ta’limi uyg‘unligini ta’minlovchi refleksiv jarayonlar loyiha ishi, guruh va hamkorlikda ishlash, madaniy almashinuv dasturlari, case study kabi usullarga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida grammatik malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga  doir ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi grammatik ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy metodologik ta’minoti pedagogik  metodik va lingvodidaktik imkoniyatlarini didaktik aspektda asoslash imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan 60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i buyrug‘i asosida №985605-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida grammatik malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning grammatik ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishdagi til ichki va tillararo qiyinchilik hamda xatolar tipologiyasining mazmuniy mosligi, tabiiy nutqiy vaziyat, til bilish darajasiga moslik kabi metodik talablar doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarini qiyosiy o‘rganishdagi til tajribasini hisobga olish tamoyillarini produktiv konstruksiyalash metodikasiga doir taklif va tavsiyalari 60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining  2025-yil 21-martdagi 316-son buyrug‘i asosida berilgan № 143363-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida grammatik malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga erishilgan;
talabalarining   nutqiy malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga xizmat qiluvchi grammatik mashq va topshiriqlar tizimi  – tilning akkumulyativ, kommunikativ va kognitiv funksiyalaridan foydalanish orqali grammatik materialni tanlashga qo‘yiladigan talablarni – grammatikaning tuzilish, ma’noviy va qo‘llashga doir metodik tomonlarining o‘rganilayotgan ingliz tilining madaniy, sotsiolingvistik, nutqiy me’yorlarini o‘zaro qiyoslash tamoyillariga oid taklif va tavsiyalaridan “60110100 – Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 30-apreldagi 02/01-01-153-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida grammatik ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishga  muvaffaq bo‘lindi;
ingliz tili grammatikasini  o‘rgatish texnologiyasi o‘z fikrini ifodalash, o‘zini ko‘rsata bilish, o‘ziga bo‘lgan ishonch, o‘ziga baho berish, o‘zini-o‘zi baholash  kabi shaxsga yo‘naltirilgan va tillar o‘qitish ta’limi uyg‘unligini ta’minlovchi refleksiv jarayonlar loyiha ishi, guruh va hamkorlikda ishlash, madaniy almashinuv dasturlari, “Case study” kabi usullarga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirishga oid amaliy taklif va hulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlar ssenariysilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 26 iyuldagi 04-36-883-son  ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida grammatik malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishni ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish