Mardanov Rahim G‘aybulla o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navoiy she’riyatida Qosid obrazi talqini va xabar mavzulari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2449
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Nasrullaev Elmurod Jumaboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimxonov Mo‘min filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Habibulla Abdusalomovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy lirikasida qosid obrazi masalalarini bugungi adabiyotshunoslikdagi yangicha qarashlar nuqtayi nazaridan yaxlit monografik aspektda tadqiq etish va uning ahamiyatini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hazrat Navoiy she’riyatida uchraydigan timsollar yuzasidan mukammal ilmiy tadqiqotlar olib borilmaganligi sababli, bu boradagi ishlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
Navoiy she’riyatida qosid timsolining o‘rni va ahamiyati hamda ular orasida ulug‘ shoir she’riyatida uchraydigan muayyan timsol, uning tarixiy ildizlari, shoir she’riyatida tutgan o‘rni ilmiy jihatdan ochib berilgan;
qosid timsoli funksional jihatdan asar konsepsiyasi, badiiy g‘oyasini shakllantiruvchi, unga yo‘nalish beruvchi vosita ekanligi isbotlangan;
qosid sifatida xalq og‘zaki ijodi namunalarida oy, shamol yoki turli qushlar (g‘oz, mayna, kaptar va zag‘izg‘on) timsollaridan foydalanilganligi, diniy asotir va afsonalarda to‘rt maloikalardan biri ‒ Jabroil alayhissalom, shuningdek, Sulaymonning elchisi Hudhud kabi timsollar ham qosid ‒ xabarchi sifatida gavdalanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ijodida qosid obrazining badiiy funksiyasini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
hazrat Navoiy she’riyatida uchraydigan timsollar yuzasidan mukammal ilmiy tadqiqotlar olib borilmaganligi sababli, bu boradagi ishlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan xulosalardan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi №01-4176 ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron platformani yangi manbalar bilan boyitishga erishilgan;
Navoiy she’riyatida qosid timsolining o‘rni va ahamiyati hamda ular orasida ulug‘ shoir she’riyatida uchraydigan muayyan timsol, uning tarixiy ildizlari, shoir she’riyatida tutgan o‘rni ilmiy jihatdan ochib berilgan xulosalardan PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX–XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi №01-4176 ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ulug‘ shoir she’riyatida uchraydigan muayyan timsol, uning tarixiy ildizlari, shoir she’riyatida tutgan o‘rnini o‘rganish bo‘yicha amaliy yondashuvlar takomillashtirilgan;
qosid timsoli funksional jihatdan asar konsepsiyasi, badiiy g‘oyasini shakllantiruvchi, unga yo‘nalish beruvchi vosita ekanligi isbotlangan xulosalardan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi №01-4176 ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
qosid sifatida xalq og‘zaki ijodi namunalarida oy, shamol yoki turli qushlar (g‘oz, mayna, kaptar va zag‘izg‘on) timsollaridan foydalanilganligi, diniy asotir va afsonalarda to‘rt maloikalardan biri ‒ Jabroil alayhissalom, shuningdek, Sulaymonning elchisi Hudhud kabi timsollar ham qosid ‒ xabarchi sifatida gavdalanganligi dalillangan xulosalardan PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi (XX–XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi №01-4175 ma’lumotnomasi). Natijada buyuk shoir ijodi misolida etkazib berishga erishilgan.