Dadabaev Zafar Zakirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kimyo yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini integrativ metodika asosida rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4470
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Alimov Farxod Sharobiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Allayarova Zebiniso Boymuratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning integrativ metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kimyo yo‘nalishi talabalariga ingliz tilidagi sof ilmiy, o‘quv-ilmiy va ilmiy ommabop uslubdagi sohaga oid matnlarni o‘qib tushunishni o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari lingvodidaktik va psixolingvistik nuqtai nazardan takomillashtirilgan;
ingliz tilidagi matnlarni o‘qib tushunishni o‘rgatish metodikasining prinsiplari Aktual rivojlanish zonasi (Zone of actual development), Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga jarayonlashish (Bottom-up and top-down processing), Sxemalar va bazaviy bilim nazariyalari (schema theory and background knowledge) asosida takomillashtirilgan;
sohaga oid matnlarni o‘qishning tanishuv o‘qish, kuzatuv o‘qish, sinchiklab o‘qish, analitik o‘qish, tarjimali va tarjimasiz o‘qish turlari aniqlashtirilgan va ulardan foydalanishning dastlabki (pre-reading), oraliq (while reading) va yakuniy (post-reading) bosqich strategiyalaridan iborat integrativ texnologiyaning samaradorligi amaliy jihatdan isbotlangan;
kimyo yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi integrativ metodikadan foydalanishda kommunikatsiya va interaksiyaning sodir bolishini ta’minlash yuzasidan pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini integrativ metodika asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kimyo yo‘nalishi talabalariga ingliz tilidagi sof ilmiy, o‘quv-ilmiy va ilmiy ommabop uslubdagi matnlarni o‘qib tushunishni o‘rgatishning lingvodidaktik, psixologik va psixolingvistik asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 2023 – 2024-yillarda bajarilgan KA107/2023-2024 raqamli “Erasmus+ mobility program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 5-aprel 2025-yildagi 734-03-son ma’lumotnomasi), natijada loyiha ishtirokchilarining ingliz tilidagi matnlarni o‘qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirishning metodik va uslubiy ta’minoti yaratilgan;
sohaga oid matnlarni o‘qishning tanishuv o‘qish, kuzatuv o‘qish, sinchiklab o‘qish, analitik o‘qish, tarjimali va tarjimasiz o‘qish turlari aniqlashtirildi va ulardan foydalanishning dastlabki, oraliq va yakuniy bosqich strategiyalaridan iborat integrativ texnologiyaning samaradorligi yuzasidan maxsus kurs va seminarlar tashkil etishning nazariy asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 18-aprel 2025-yildagi 01/4-1490-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
Aktual rivojlanish zonasi, Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga jarayonlashish, sxemalar va bazaviy bilim nazariyalari asosida takomillashtirilgan ingliz tilidagi matnlarni o‘qib tushunishni o‘rgatish metodikasining prinsiplariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024 – 2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasiining 2025-yil 7-apreldagi 05-09-438-son ma’lumotnomalari). Natijada ingliz tilidagi matnlarni o‘qish texnikasini egallash bo‘yicha mustaqil ta’lim ko‘nikmalari ommalashtirilgan;