Jumaeva Zamira Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand shahri aeroplanktonlarining palinologik tarkibi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1371.
Ilmiy rahbar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samaqarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Raximova Nargiza Kamiljanovna biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahrining aeropalinologik tarkibini aniqlash, changlanish taqvimini tuzish, allergen o‘simlik chang donalarining morfo-anatomik tuzilishini aniqlash va chang kolleksiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand shahri hududida tarqalgan 71 oila, 191 turkumga mansub 273 tur o‘simliklarning palinologik kolleksiyasi yaratilgan;
38 turiga mansub daraxtlar va 17 turga mansub bo‘lgan o‘t o‘simliklar chang donalarining mikromorfologik tuzilishi aniqlangan;
ilk bor Samarqand shahri atmosfera havosi tarkibida 37 oila, 45 turkumga mansub 56 tur o‘simliklarga tegishli chang donalari uchrashi aniqlangan;
allergen xususiyatli 18 turga mansub o‘simlik chang donalarining morfo-anatomik tuzilishi aniqlanib, ularning mavsumiy changlanish taqvimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand shahri aerobiologiyasi, palinologiyasi va ayrim allergen xususiyatli o‘simliklar chang donasining morfo-anatomik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand shahar aeropalinologiyasi bo‘yicha o‘simlik turlari chang donasining tarkibi aniqlanib, 270 dan ortiq o‘simliklar chang donasi kolleksiya va etalon preparatlar yaratilib, shulardan 18 tur o‘simlik chang donalari allergenlik xususiyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyanoma Samarqand sog‘liqni saqlash qo‘mitasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 18 fevraldagi 02-28/3941-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahri havosi tarkibida allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik chang donasining allergenlik xususiyatlaridan himoyalanish va aholi salomatligini ta’minlash imkonini bergan;
Samarqand shahri havosi tarkibida 56 turga mansub o‘simliklar chang donalari mavjudligi aniqlanib, shulardan 18 tur o‘simlik chang donalarining morfo-anatomik tuzilishi, changlanish davomiyligi, havo tarkibidagi chang donachalarining miqdor ko‘rsatkichlari hamda allergen xususiyatli o‘simlik changlaridan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyanoma Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 22 apreldagi 03-03/3-3834-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahri havosi tarkibidagi o‘simliklar changining turlar tarkibini monitoring qilish, allergen xususiyatli o‘simlik chang donalarining changlanish taqvimini yaratish va aholi salomatligini saqlashda allergik havfni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.