Abdullaev Sa’dulla Abdullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Embryo rescue texnologiyasi yordamida danaksiz uzum genotiplarini olish va molekulyar tavsiflash», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1352.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori; Yakubov Mirakbar Daniyarovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy uzum navlarining reproduktiv organlarini rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’sirini aniqlash, molekulyar tavsiflash va embryo rescue texnologiyasi yordamida duragay genotiplar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
navlarining chang donalari fertillik va sterillik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda duragaylashda sterillik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan Kishmish Sug‘diyona, Kismish Rozoviy navlaridan otalik yoki onalik sifatida foydalanishning amaliy uslubi ishlab chiqilgan; 
Kishmish Sug‘diyona, Kismish Rozoviy navlarida kleystogamiyaga uchragan gul g‘unchalarida urug‘llanish, zigotik embrionlarning rivojlanishi va natijada uzum mevalarining shakllanishi morfologik kuzatuvlar va mikroskopik tadqiqotlar yordamida isbotlangan;
Kishmish Sug‘diyona, Kismish Rozoviy navlarida embrionlarning ilk paydo bo‘lishi hamda ularning degradasiya muddatlari mikroskopik tadqiqotlar yordamida aniqlangan; 
O‘zbekistonda ilk bor ikki danaksiz navlar o‘zaro chatishtirilib (Kishmish Sug‘diyona×Kismish Rozoviy, Kismish Rozoviy×Kishmish Sug‘diyona) embryo rescue usuli yordamida duragay avlodlar olingan; 
respublikada ilk bor mikrosatellit markerlar yordamida mahalliy uzum navlarining 18-xromosomasidagi SDI lokusida joylashgan allellar aniqlandi hamda belgilar bilan birikkan mikrosatalit marker(lar) PZR skrining asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Embryo rescue texnologiyasi yordamida danaksiz uzum genotiplarini olish va molekulyar tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
danaksiz mahalliy uzum navlarini in vitro sharoitida ko‘paytirishning ilmiy-amaliy uslublari 2021-2022-yillarda bajarilgan T-FA-2021-276 -sonli “Uzumning istiqbolli (Oq dum) navlarini in vitro usulida ko‘paytirish orqali ishlab chiqarishga joriy qilish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 18 oktyabrdagi  4/1255-2331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy danaksiz tok namunalari uchun ishlab chiqilgan sun’iy ozuqa asosida mahalliy danaksiz tok namunalarini in vitro sharoitida mikroklonli ko‘paytirishning ilmiy-amaliy usullari ishlab chiqish imkonini bergan;
Embryo rescue texnologiyasi yordamida tok (Vitis vinifera)ning danaksiz navlari (Kishmish Sug‘diyona, Kishmish Rozoviy) asosida yangi kombinatsion duragay avlodlari asosida ilk bor ikki danaksiz uzum navlarining duragay avlodlar kolleksiyasi, Genomika va bioinformatika markazining “Maxsus urug‘chilik xo‘jaligi” dala maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 14 iyuldagi  4/1255-1734-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, danaksiz tok navlarining genetik xilma-xilligini boyitib, danaksizlik belgisini mustahkamlashda qo‘llaniladigan qayta gibridizatsiya uchun noyob donor materiallar uchun birlamchi genetik manba sifatida foydalanish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish