Aliqulov Elyor Oydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G. hirsutum L. ning yuqori tola chiqimli nav va tizmalarining F1-F2 duragaylarida xo‘jalik belgilarining irsiylanishi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1411.
Ilmiy rahbar: Ergashev Orif Raxmatullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shoshanbiev Nurali Esonpo‘latovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning G. hirsutum L. turining aynan yuqori tola chiqimli genotiplarini duragaylashga jalb etish, ularni filogenetik jihatdan tahlil qilish hamda turichi chatishtirishlardan olingan F1-F2 avlodlarida muhim xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va korrelyasiyasini aniqlash asosida qimmatli seleksion ashyolarni ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘rta tolali g‘o‘zaning yuqori tola chiqimiga ega andoza Namangan-77, Yulduz, Niso, Guliston, SSB-Klaster-1 navlari hamda T-1336 va T-1391 tizmalarining o‘zaro filogenetik munosabatlari aniqlangan;
boshlang‘ich shakllar sifatida olingan g‘o‘za genotiplarining o‘zaro filogenetik munosabatlarini o‘rganish asosida ular orasida genetik xilma-xillikning mavjudligi aniqlangan;
duragaylashga jalb etilgan yuqori tola chiqimli nav va tizmalarning birinchi avlod duragaylarida bosh poya balandligi, hosil shoxlari soni, o‘simlikning umumiy va ochilgan ko‘saklari soni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi va uzunligi kabi xo‘jalik uchun muhim ahamiyatli belgilarning irsiylanishi ayrim kombinatsiyalarda ijobiy, ba'zilarida esa salbiy ustunlik holatida kechishi mumkinligi isbotlangan;
boshlang‘ich shakllarga nisbatan ijobiy farqlangan holda, umumiy va ochilgan ko‘saklar soni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi va uzunligi kabi xo‘jalik uchun muhim belgilarning yuqori ko‘rsatkichli F1 kombinatsiyalari aniqlangan;
g‘o‘za genotiplarida umumiy va ochilgan ko‘saklar soni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi va uzunligi belgilari bo‘yicha F1 avlod o‘simliklarida kombinatsion qobiliyati aniqlangan;
F2 avlod o‘simliklarida morfo-xo‘jalik belgilarining ota-ona shakllariga nisbatan o‘ng va chap tomonga turli darajadagi og‘ishlarning paydo bo‘lganligi tasdiqlanib, umumiy hamda ochilgan ko‘saklar soni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi va uzunligi singari xo‘jalik uchun muhim belgilarning yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan F2 avlod o‘simliklari ajratib olingan;
duragaylashga jalb qilingan ota-ona shakllari va ular asosida paydo bo‘lgan F1 avlod o‘simliklarida morfo-xo‘jalik belgilarini o‘zaro bog‘liqlik darajasi tahlil qilinib, kombinatsiyalarda boshlang‘ich nusxalarda kuzatilmagan turli darajadagi korrelyasiyaning yuzaga kelganligi isbotlangan;
dastlabki ashyolardan biri hisoblangan yuqori tola chiqimli T-1391 tizmasi morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha barqaror holatga keltirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G. hirsutum L. ning yuqori tola chiqimli nav va tizmalarining F1-F2 duragay avlod o‘simliklarida xo‘jalik uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi hamda bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Intellektual mulk agentligidan seleksiya yutug‘i sifatida “Barqaror” naviga patent olingan (26.04.2024 yil, № NAP 460). Natijada, ushbu navdan yuqori va sifatli paxta hosili olish imkonini bergan;
G‘o‘zaning “Barqaror” (T-1391) navining urug‘liklari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining g‘o‘za kolleksiyasi fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 13 dekabrdagi   4/1255-2770-son ma'lumotnomasi). Natijada, yuqori tola chiqimiga ega bo‘lgan genotip g‘o‘za kolleksiyasi fondini yanada boyitish hamda elektron baza axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
“Barqaror” navi Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi “Jahongir-Eldor-Fayz” fermer xo‘jaligida 2023 yilda 1 va 2024-yilda 5 gektar maydonga yangi nav sifatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabrdagi  05/04-04-689-son ma'lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan andoza Buxoro-102 naviga nisbatan 3,6 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish