Safarov Yodgorjon Toyirovıchning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kamyob metallar xomashyosini qayta ishlash jarayonlarini ularning kolloid-kimyoviy va texnologik xususiyatlarini boshqarish orqali takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T957.
Ilmiy maslahatchilar: Vitaliy Pavlovich Guro kimyo fanlari doktori, professor, Rasulova Sitorabonu Normurodovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor; Matkarimov Sohib Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor; Buxorov Shuxrat Bo‘rievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamyob metallar xomashyosini qayta ishlash jarayonlarini ularning kolloid-kimyoviy va texnologik xususiyatlarini boshqarish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaolinga muqobil, zarracha o‘lchami 0,074 mm bilan tavsiflanadigan hamda qattiq, sulfidli/gazli fazalar chegarasida, O2 sharoitida, 600 °C da diffuzion-massa jarayonlarini engillashtiruvchi, flotatsion boyitilgan molibden sanoat maxsuloti (MSM) dispersiyasining yangi kulsiz bog‘lovchisi ishlab chiqilgan;
kulsiz bog‘lovchi asosida shakllantirilgan MSM kuyundisi donalari kaolinli bog‘lovchi bilan solishtirganda, pulpada qattiq, oksid/suv, reagent fazalar chegarasida kimyoviy o‘zaro ta’sirlarni osonlashtiruvchi yuqori g‘ovaklilik, solishtirma yuzaga ega ekanligi aniqlangan;
pulpada koagulyantlar (Al, Mg tuzlari) va flokulyant (PAA) tabiati va massalarining yangi nisbati asosida koagulyasiya va adsorbsiya usuli bilan scheelit konsentratini qayta ishlash mahsulotini Si, P, As qo‘shimchalardan tozalash jarayonini yaxshilanishi aniqlangan;
kulsiz polimer bog‘lovchi asosida tovar molibden tuzlari olish bilan MSM kuyundilarini gidrometallurgik qayta ishlashning yangi texnologiyasi yaratilgan;
molibdenit konsentratini gidrometallurgik ochish va eritmaga o‘tkazish texnologiyalarida molibden disulfidi va Mo, Cu, Fe sulfidlar aralashmasining natriy gipoxlorit va nitrat kislota eritmalarida oksidlanish reaksiyalarining kinetik qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kamyob metalllar xomashyosini qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sulfidli molibdenit konsentratlarini donadorlash usuliga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ixtiro patenti olingan (UZ IAP 06177 20.02.2020). Natijada, kaolin o’rniga donalarning g‘ovakligi va solishtirma yuzasini oshiruvchi kulsiz polimer bog‘lovchilardan foydalanish usuli ishlab chiqish imkonini bergan;
kulsiz polimer bog‘lovchi asosida MSM kuyundi donalarini qayta ishlash texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar zavodi” AJ joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar zavodi” AJ 2025 yil 17 iyundagi 03/03-851-son ma’lumotnomasi). Natijada MSM kuyundi donalaridan Mo ajralish darajasi 1% ga ya’ni 98 dan 99% oshirish imkonini bergan;
natriy volfram eritmasini alyuminiy va magniy nitratlari aralashmasi bilan koagulyasiya qilish yo‘li bilan aralashmalardan tozalashning takomillashtirilgan texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar zavodi” AJ joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar zavodi” AJ 2025 yil 17 iyundagi 03/03-851-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotni Si dan 98,1% ga; As dan 93,25% ga P dan 77,5% ga tozalash imkonini bergan.