Pulatova Sevara Xikmatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klinik, mikrobiologik va biokimyoviy tadqiqot usullarini hisobga olgan holda akne terapiyasini takomillashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2023.1.PhD/Tib3348.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Oybek Abdujabborovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Porsoxonova Delya Fazilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
aknening klinik ko‘rinishlari, mikrobiologik ko‘rsatkichlari va bemorlarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda uni davolash va oldini olishning asosli usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi tekshiruvda aknening klinik-mikrobiologik xususiyatlari integral Total Acne Load indeksi (TAL) – 39,6±20,2 bilan hisoblanib, bunda ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymatlari: ochiq komedonlar – 24,1±19, yopiq komedonlar – 23,4±19,5, papulalar – 12,8±9,6, pustulalar – 2,8±5,3 ni tashkil etgan bo‘lib, shu bilan birga TAL indeksi va APSEA(Assesment of Psychological and Social Effect of Acne) indeksi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyasion jihatdan isbotlangan;
akne kasalligining o‘ziga xos klinik kechish xususiyatlari borligi: bemorlarning 75,73 % da orqa terisi (elka, kurak), 55,34 % da peshona, 54,37 % da yonoq terisi zararlanishi kuzatilgan hamda oilaviy anamnezda akne kasalligiga moyilligi mavjud bo‘lgan shaxslarda kasallikning yallig‘lanishli shakllari sezilarli darajada tez-tez qayd etilganligi isbotlangan;
aknega moyillik tug‘diruvchi omillar endogen va ekzogen triggerlar ekanligi, ular orasida 66,9% bemorlarda aniqlangan Helicobacter pylori infeksiyasi mavjud bo‘lganda aknening og‘ir shakllari ko‘proq uchrashi isbotlangan;
taklif etilgan patogenetik yo‘naltirilgan terapiya 12 haftadan so‘ng TAL indeksi 1-guruhda 50% ga, 2- guruhda 52% ga, 3-guruhda esa 46% ga kamayganligi standart davolashdan ko‘ra individual yondashuvning afzalligini isbotlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
klinik-mikrobiologik va biokimyoviy ma’lumotlardan foydalangan holda akne diagnostikasi va terapiyasiga takomillashtirilgan yondashuvlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: aknening og‘irlik darajasi klinik-mikrobiologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan: og‘ir shaklida TAL indeksi 62,3±12,4 ga, engil shaklida esa 18,7±6,3 ga etgan (r<0,001), ushbu natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 3- iyundagi 13-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Aknening tashxislash usullari va kombinatsiyalangan davolash sxemalari» uslubiy tavsiyanomalariga Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2024 yil 17 sentyabrdagi 351-14-204- DOP/2O24 - son va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filialining 2024 yil 10 sentyabrdagi 55 - son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10-iyundagi 19/15 - son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining joriy etilishi shifokorga kasallik kechishining og‘irligini o‘z vaqtida aniqlash va adekvat terapiyani tayinlash imkonini beradi, bu esa asoratlangan shakllar sonini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy guruhda davolanish narxi bir bemor uchun 610000 so‘mni (kuniga 6 778 so‘m) tashkil etdi, bu taqqoslash guruhiga qaraganda 29,5% ga arzon bo‘ldi (790000 so‘m/bemor). Asosiy guruhda TAL indeksini 1% ga pasaytirish narxi – 9384 so‘m bir bemor uchun, bu 2-taqqoslash guruhiga (14906 so‘m) qaraganda iqtisodiy jihatdan samaraliroqdir. Xulosa: ushbu yondashuvni joriy etish minimal qo‘shimcha xarajatlar bilan davolashning klinik samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: akne kechishining klinik xususiyatlari aniqlangan: bemorlarning 75,7% da orqa terisi, 55,3% da peshona, 54,4% da yonoqlar shikastlanishi kuzatilgan. Oilaviy moyilligi bo‘lgan shaxslarda aknening yallig‘lanish shakllari sezilarli darajada ko‘proq uchragan (χ2=9,84; r=0,002), ushbu natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 3- iyundagi 13-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Aknening tashxislash usullari va kombinatsiyalangan davolash sxemalari» uslubiy tavsiyanomalariga Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2024 yil 17 sentyabrdagi 351-14-204- DOP/2O24 - son va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filialining 2024 yil 10 sentyabrdagi 55 - son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10-iyundagi 19/15 - son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: natijalarning joriy etilishi klinik-epidemiologik xavf omillarini hisobga olgan holda tashxislash sifatini oshirish va kasallikning erta oldini olish yondashuvlarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va optimal terapiyani tayinlash bemorlarga iqtisodiy yukni kamaytirdi: asosiy guruhda davolash kursining narxi 610000 so‘mni bir bemor uchun tashkil etdi, bu taqqoslash guruhiga (373400 so‘m) nisbatan 38,8% ga yuqori, ammo klinik samaradorlik sezilarli darajada yuqori edi. Xulosa: ushbu yondashuv kasallik rivojlanishining oldini olishni yaxshilaydi va sog‘liqni saqlash tizimining xarajatlarini kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: husnbuzarlarga moyillik tug‘diruvchi omillar endogen va ekzogen triggerlar, jumladan Helicobacter pylori infeksiyasi (67,0%), gigienik rejimning buzilishi (41,7%) va stress ta’sirlari (38,8%) ekanligi isbotlangan. H. Pylori mavjudligi va aknening og‘irlik darajasi o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik aniqlangan (r=0,42; r<0,01), ushbu natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 3- iyundagi 13-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Aknening tashxislash usullari va kombinatsiyalangan davolash sxemalari» uslubiy tavsiyanomalariga Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2024 yil 17 sentyabrdagi 351-14-204- DOP/2O24 - son va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filialining 2024 yil 10 sentyabrdagi 55 - son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10-iyundagi 19/15 - son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan xavf omillarini hisobga olish terapiya samaradorligini oshirish va kasallikning qaytalanish chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy guruhda kompleks terapiya qo‘llanilganda yallig‘lanish elementlari (64% ga) va yallig‘lanish bo‘lmagan elementlar (80% ga) miqdorining sezilarli darajada kamayishiga erishildi, bunda TAL ning 1% ga kamayishi uchun 9384 ming so‘m bir bemor uchun sarflandi, bu sxemaning iqtisodiy asoslanganligini tasdiqlaydi. Xulosa: H. Pylori diagnostikasini bemorlarni olib borish algoritmiga kiritish ham tibbiy, ham iqtisodiy samarani ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan patogenetik yo‘naltirilgan terapiya 12 haftadan so‘ng TAL indeksi 1-guruhda 50% ga, 2- guruhda 52% ga, 3-guruhda esa 46% ga kamayganligi standart davolashdan ko‘ra individual yondashuvning afzalligini isbotlaganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 3- iyundagi 13-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Aknening tashxislash usullari va kombinatsiyalangan davolash sxemalari» uslubiy tavsiyanomalariga Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2024 yil 17 sentyabrdagi 351-14-204- DOP/2O24 - son va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filialining 2024 yil 10 sentyabrdagi 55 - son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10-iyundagi 19/15 - son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan terapiyaning joriy etilishi teri holatining sezilarli yaxshilanishini, shikoyatlar chastotasining pasayishini va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy guruhda davolash kursining narxi yuqori klinik samaradorlik bilan bir bemor uchun 610000 so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, TAL indeksini 1% ga pasaytirish xarajatlari maqbul bo‘lib chiqdi – 9384 ming so‘m bir bemor uchun, bu 2-taqqoslash guruhiga (14906 so‘m) qaraganda foydaliroq va ushbu sxemani amaliyotga joriy etishning maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: taklif etilgan davolash sxemasining joriy etilishi «xarajat-samaradorlik»ning optimal nisbati va uning an’anaviy yondashuvlardan ustunligini isbotladi.