Soatov Ilyosjon Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali polipoz rinosinusitlarni rivojlanishida klinik-morfologik va genetik omillar” 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4229.
Ilmiy rahbar: Djuraev Jamolbek Abdukaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadieva Gulmira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qaytalanuvchi surunkali polipoz rinosinusitni tashxislash va bashoratlash algoritmini yaratishda klinik va morfologik o‘zgarishlarni namoyon qiluvchi genlar polimorfizmlarining allel va genotipik variantlarining xususiyati bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba surunkali polipoz rinosinusit kasalligining qaytalanishida eozinofilli turida COX2 geni (rs20417) G76C polimorfizmi 2,2 marta va neytrofilli turida MMP9 geni (rs3918242) 1562 C/T polimorfizmi 3,4 marta ko‘proq uchrashi aniqlangan;
surunkali polipoz rinosinusitni yallig‘lanishli, shilliqli morfologik turlarini shakllanishi hamda klinik kechishida MMP9 geni (rs3918242) 1562 C/T polimorfizmi salbiy allel variantining hissasi borligi aniqlangan;
COX2 geni (rs20417) G76C polimorfizmi salbiy allel variantlari surunkali polipoz rinosinusitning shilliqli hamda allergik morfologik shakllarining rivojlanishi va yuzaga kelish xavfini oshirishi isbotlangan;
surunkali polipoz rinosinusit rivojlanishida MET geni (rs78116323) 14 C/G polimorfizmi salbiy genotip variantlarining qo‘shgan hissasi ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi 2024 yil 2-oktabrdagi №40.I.-sonli, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 2-oktabrdagi №92/93-sonli, hamda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 5-oktabrdagi №38/39-sonli xatlari yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta genetik tahlillar yordamida surunkali rinosinusitlar (polipoz hamda polipsiz)ning gistologik turlarini tashxislash samaradorligini ishonchli tarzda yaxshilanishiga qaratilgan ilmiy natijalar asosida klinik-morfologik kechishi hamda ularni bashoratlash baholanganligi O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi 2024 yil 2-oktabrdagi №40.I.-sonli, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 2-oktabrdagi №92/93-sonli va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 5-oktabrdagi №38/39-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusit kasalligining qaytalanishida eozinofilli va neytrofilli turlarga ko‘ra, har bir aniqlangan morfologik shakli uchun genetik tahlil natijalari ko‘rsatkichlari tahlil qilindi hamda o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusit kasalligining qaytalanishida eozinofilli va neytrofilli turlarga ko‘ra, har bir aniqlangan morfologik shakli uchun genetik xususiyatlarini inobatga olib kasallikni erta aniqlash orqali samaradorlikka erishildi. Xulosa: surunkali polipoz rinosinusit kasalligining qaytalanishida eozinofilli va neytrofilli turlarini o‘z vaqtida aniqlash 2700000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali polipoz rinosinusitni yallig‘lanishli, shilliqli morfologik turlarini shakllanishi hamda klinik kechishida kasallikning boshqa morfologik turlari bilan qiyosiy ko‘rsatkichlari aniqlangan. Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi 2024 yil 2-oktabrdagi №40.I.-sonli, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 2-oktabrdagi №92/93-sonli va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 5-oktabrdagi №38/39-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusit kasalligining rivojlanishida hamda uni tashxislash jarayonida qiyosiy ko‘rsatkichlari inobatga olgan holda tashxislash amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusitni yallig‘lanishli, shilliqli morfologik turlarini shakllanishi hamda klinik kechishiga ta’sir qiluvchi asosiy sabablardan biri bo‘lganligi sababli qiyosiy ko‘rsatkichlari baholandi. Xulosa: surunkali polipoz rinosinusit kasalligining qaytalanishida eozinofilli va neytrofilli turlaridan yallig‘lanishli va shilliqli morfologik turlarining shakllanishi kasallikning klinik kechishida ahamiyati yuqoriligi sababli amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 2250000 so‘mga kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali polipoz rinosinusitning shilliqli hamda allergik morfologik shakllarining rivojlanishi va yuzaga kelish xavfini sezilarli oshirishi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi 2024 yil 2-oktabrdagi №40.I.-sonli, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 2-oktabrdagi №92/93-sonli va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 5-oktabrdagi №38/39-sonli buyruqlari asosida mazkur klinikalar amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusitning shilliqli hamda allergik morfologik shakllarining rivojlanishi va yuzaga kelish xavfini sezilarli oshirishi aniqlanganligi kasallikni tekshirish natijalari asosida tashxislashni to‘g‘ri baholashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni klinik kechishi va bashoratlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish asosida sarf-hrajatlar 2400000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: surunkali polipoz rinosinusitning shilliqli hamda allergik morfologik shakllarining rivojlanishi va yuzaga kelishini oldini olish davlat byudjeti mablag‘larini 1850000 so‘mga sarflanishini kamaytiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali polipoz rinosinusitlarni tashxislash va bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari davolash samaradorligini 38%ga oshirishga olib kelishi mumkin. Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi 2024 yil 2-oktabrdagi №40.I.-sonli, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 2-oktabrdagi №92/93-sonli va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 5-oktabrdagi №38/39-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalar amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali polipoz rinosinusit bilan xastlangan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini 26 foizga yaxshilash va bashoratlash hamda shu orqali ushbu xastalikni qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni tashxislash hamda bashoratlash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar 3200000 so‘mga tejaldi. Xulosa: yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik mazkur kasallikni tashxislash hamda bashoratlash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 2750000 so‘mni tejash imkonini berdi.