Jabborova Zuhra Abdig‘ani qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3662
Ilmiy rahbar: Ergashev Rahmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.I.70.07.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali O‘rolovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberganov Dilshod To‘xtaboevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qashqadaryo viloyatida turizm sub'ektlariga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar samaradorligini baholashda (0,70<E<0,95) qiymatlarning maqbul darajalarini belgilash asosida, E<0,70 – “moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmini qayta ko‘rib chiqish”, E>0,95 – “investisiya yo‘nalishini diversifikasiya qilish” taklifi ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda resurslarni optimal taqsimlash imkonini beruvchi iqtisodiy (15x₁+12x₂+18x₃≤37574), infratuzilmaviy (x₁+x₂+1,5x₃≤206) va ijtimoiy (0,5x₁+x₂+x₃≥44) cheklovlar tizimi asosida hududiy resurslardan eng maqbul foydalanish koeffisienti aniqlangan; 
hududiy turizmni davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv tizimining ahamiyati hamda hozirgi rivojlanish holatini aniqlash maqsadida, “Turizmda elektron xizmat ko‘rsatish”, “Turizm kadrlarini yagona ma’lumotlar tizimi orqali boshqarish” indikatorlari asosida Qashqadaryo viloyatidagi turizm ob'ektlarida QR-kodlar orqali 1–5 balli baholash tizimiga asoslangan fidbek (shikoyat va takliflar) ma’lumotlarini tahlil qilishni takomillashtirish bo‘yicha taklif asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning investisiyalar hajmini oshirishga  ta’sirini baholash bo‘yicha 2029 yilgacha prognoz parametrlari ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududiy darajadagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini tahlil qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyatida turizm sub'ektlariga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar samaradorligini baholashda (0,70<E<0,95) qiymatlarning maqbul darajalarini belgilash asosida, E<0,70 – “moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmini qayta ko‘rib chiqish”, E>0,95 – “investisiya yo‘nalishini diversifikasiya qilish” taklifini (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 19-iyundagi 02-04/358-sonli ma’lumotmomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20 yanvardagi 03-10-17-504-sonli ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy qilinishi natijasida tizim samaradorligini oshirish orqali turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish natijadorligiga erishish yo‘nalishlarini aniqlashtirish imkoniyatini kengaytirishda muayyan darajada xizmat qilgan. 
turizm sub'ektlarining barqaror faoliyatini va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda resurslarni optimal taqsimlash imkonini beruvchi iqtisodiy (15x₁+12x₂+18x₃≤37574), infratuzilmaviy (x₁+x₂+1,5x₃≤206) va ijtimoiy (0,5x₁+x₂+x₃≥44) cheklovlar tizimi asosida hududiy resurslardan eng maqbul foydalanish koeffisienti aniqlashtirish taklifi (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 19-iyundagi 02-04/358-sonli ma’lumotmomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20 yanvardagi 03-10-17-504-sonli ma’lumotnomasi) orqali ishlab shiqilgan ko‘rsatkichlar tizimi turizm sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shora-tadbirlari yo‘nalishdagi tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga yordam bergan.
hududiy turizmni davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv tizimining ahamiyati hamda hozirgi rivojlanish holatini aniqlash maqsadida, “Turizmda elektron xizmat ko‘rsatish”, “Turizm kadrlarini yagona ma’lumotlar tizimi orqali boshqarish” indikatorlari asosida Qashqadaryo viloyatidagi turizm ob'ektlarida QR-kodlar orqali 1–5 balli baholash tizimiga asoslangan fidbek (shikoyat va takliflar) ma’lumotlarini tahlil qilishni takomillashtirish bo‘yicha taklifidan (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 19-iyundagi 02-04/358-sonli ma’lumotmomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20 yanvardagi 03-10-17-504-sonli ma’lumotnomasi) Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va turizm sohasini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. 
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning investisiyalar hajmini oshirishga  ta’sirini baholash bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi  faoliyatiga joriy etilgan bo‘lib, (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 19-iyundagi 02-04/358-sonli ma’lumotmomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20 yanvardagi 03-10-17-504-sonli ma’lumotnomasi) 2029 yilgasha prognoz parametrlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2025 yildan 2029 yilgacha turizm sohasida xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lshi, Qashqadaryo viloyatida 2029 yilda 2024 yilga nisbatan 1,9 barobarga ortishi imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish