Mardonov Ravshan Subxanovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim falsafasida inson omili (universitet ta’limi misolida)”. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal217
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy maslahatchi: Negmatova Shaxzoda Shuhratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Maxbuba Xotambekovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limni isloh qilish jarayonida ta’lim falsafasining asosiy muammolarini falsafiy-metodologik tadqiq qilishni amalga oshirish va universitetda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq ta’lim falsafasidagi ma’naviylik, an’anaviylik, insonga yo‘naltirganlik tamoyillari va G‘arb ta’lim falsafasining texnokrativlik, oqilonalik, tabiatga yo’naltirilganlik xususiyatlari refleksiyasi orqali zamonaviy ta’limning konstruktiv-ontologik xarakteri asoslangan;
O’zbekiston ta’lim falsafasining jamiyat va uning a’zolari ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liq shartlar, majburiyatlar va imkoniyatlar ko’rinishida namoyon bo’lishi, bu ijtimoiy jarayonlar, munosabatlar muvozanatini mustahkamlovchi, saqlovchi va qo’llab-quvvatlovchi omillar ekanligi asoslangan;
ma’naviy va milliy xavfsizlik, kasbiy mahorat va shaxsiy o’sishni ta’minlashda islom ta’lim falsafasining vazifani hal qilish uchun eng osonini tanlash, muvaffaqiyasizlikdan muvaffaqiyat qozonishga erishish, kamchiliklarda ham fazilatni ko’rish, muammolarni hal qilishda bosqichma-bosqichlikni hisobga olish tamoyillarining o’qitish uslubi jarayonidagi pozitiv o’rni ilmiy dalillangan;
ta’lim jarayoni subektlarining ratsionallik darajasi, kasbiy madaniyati, estetik dunyoqarashi, ijtimoiy mas’uliyati, kreativlik qobiliyati, emotsional barqarorligi ta’lim gumanizmining konstruktiv zaruriyati bilan taqozolanishi isbotlangan;
raqamli jamiyatda ijtimoiy-gumanitar ta’lim va tarbiya transformatsiyasining nazariy-pragmatik tendensiyalari aksiologik barqarorlikni ta’minlashi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim falsafasida inson omilini (universitet ta’limi misolida) ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Sharq ta’lim falsafasidagi ma’naviylik, an’anaviylik, insonga yo‘naltirganlik tamoyillari va G‘arb ta’lim falsafasining texnokrativlik, oqilonalik, tabiatga yo’naltirilganlik xususiyatlari refleksiyasi orqali zamonaviy ta’limning konstruktiv-ontologik xarakteri asoslanganligiga oid nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan (buyurtma asosida) nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” ensiklopediyasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 13-noyabrdagi 02/506-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq va G‘arb ta’limi tizimidagi inson omili bilan bog‘liq g‘oyalar ensiklopediyada takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O’zbekiston ta’lim falsafasining jamiyat va uning a’zolari ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liq shartlar, majburiyatlar va imkoniyatlar ko’rinishida namoyon bo’lishi, bu ijtimoiy jarayonlar, munosabatlar muvozanatini mustahkamlovchi, saqlovchi va qo’llab-quvvatlovchi omillar ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi KA-3-007 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 14-noyabrdagi 04/11-10646-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi O‘zbekiston ta’lim tizimining falsafiy asoslarini tahlil qilish, milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonini tizimli yondashuv asosida tadqiq etishga doir konseptual xulosa va tavsiyalarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
ma’naviy va milliy xavfsizlik, kasbiy mahorat va shaxsiy o’sishni ta’minlashda islom ta’lim falsafasining vazifani hal qilish uchun eng osonini tanlash, muvaffaqiyasizlikdan muvaffaqiyat qozonishga erishish, kamchiliklarda ham fazilatni ko’rish, muammolarni hal qilishda bosqichma-bosqichlikni hisobga olish tamoyillarining o’qitish uslubi jarayonidagi pozitiv o’rni ilmiy dalillanganligiga oid metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining “Yangi zamonaviy ta’sirchan targʻibot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid chora-tadbirlar” nomli X yoʻnalishida belgilangan “Yoshlar oʻrtasida milliy ma’naviy tarbiya hamda ezgu da’vatlarni qoʻllab-quvvatlash va turli illatlarga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar bilan bogʻliq tanlovlar joriy etish va ularning muntazam oʻtkazilib borilishini yoʻlga qoʻyish” mavzusidagi 68-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 10/214-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi globallashuv davri ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa oʻquvchi-yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, milliy vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilgan;
ta’lim jarayoni subektlarining ratsionallik darajasi, kasbiy madaniyati, estetik dunyoqarashi, ijtimoiy mas’uliyati, kreativlik qobiliyati, emotsional barqarorligi ta’lim gumanizmining konstruktiv zaruriyati bilan taqozolanishi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida 2015-2017-yillarda bajarilgan “Oliy ta’lim muasassalari talabalarini modulli o‘qitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari (TATU va uning Samarqand filialida bakalavr va magistrlar tayyorlash bazasida)” mavzusidagi A-1-057-sonli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 12-noyabrdagi 729-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kompetentligini oshirishda nazariy, amaliy bilim va ko‘nikmalar shakllantirishda, ularning ilmiy-falsafiy, ma’naviy, ijodiy sifat-xislatlarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
raqamli jamiyatda ijtimoiy-gumanitar ta’lim va tarbiya transformatsiyasining nazariy-pragmatik tendensiyalari aksiologik barqarorlikni ta’minlashi asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda 2024-yil mart-oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-noyabrdagi 04-36-1193-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-gumanitar fanlarning raqamlashayotgan jamiyat sharoitida mamlakatimiz oliy ta’limi tizimida yosh avlodning kasbiy va insoniy sifatlarini shakllantirishda ahamiyati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.