Nishanbaeva Enajon Zaripbaevnaning
        Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanish tarixi (1991–2021 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tar447
Ilmiy maslahatchi: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Halimovich, tarix fanlar doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Sayfullaev Durbek Baxtiyarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2021 yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mustaqillikning dastlabki bosqichlaridanoq yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga etkazish va ularga zamonaviy ta’lim berish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi barobarida yosh avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklik subektlarning ishtiroki oshib borishi hamda bu borada ularning o‘zaro faoliyati takomillashib borishi tarbiyaning samarasiga ijobiy ta’siri dalillangan; 
O‘zbekistonda ayollarning o‘rni va maqomini yuksaltirish davlat siyosatidagi o‘ta muhim ustuvorlik bo‘lgani sabab, xotin-qizlarni turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, bu ishlarga NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb qilish, ularning amaliy samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlarining ortishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan; 
  milliy qonunchilikda bola huquqlari bilan bog‘liq 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 500 dan ortiq qonunosti hujjatlarining tahlili ijtimoiy sheriklik subektlarining bolalar huquqlari sohasida qonunchilik bilan ixtisoslashgan holda ish olib borish, uning ijrosi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish, usul va vositalarni ishlab chiqib zaruriyatini yuzaga keltirishi dalillangan;
so‘nggi yillarda atrof-muhitni, ekologik muvozanatni saqlash borasida qabul qilingan qarorlar, amalga oshirilayotgan kompleks dasturlar, ularni moliyalashtirish mexanizmlarining tahlili ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvi, ijtimoiy sheriklikning boshqa subektlarining hamda aholining bu masalalarning echimida alohida o‘rni bor ekanligi asoslangan; 
O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy sheriklikning modeli o‘zbek xalqining kayfiyati, huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq barcha sohalarni qamrab olishi barobarida ijtimoiy sheriklikda qatnashadigan subektlar ko‘lami keng bo‘lib, jamiyatdagi barcha aholi qatlamlari manfaatlarini samarali ta’minlash imkonini yaratishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanish tarixi (1991–2021 yy.)” mavzusidagi tadqiqot natijalarining joriy qilinishi hamda chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
mustaqillikning dastlabki bosqichlaridanoq yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga etkazish va ularga zamonaviy ta’lim berish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi barobarida  yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyani uzviy olib borish jarayoniga NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb etilganligi, ularning davlat organlari bilan hamkorligi sohadagi ishlarning samarasiga  ijobiy ta’siri to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 3-dekabrdagi 1-01-21-64-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni mustaqil fuqarolik pozisiyasini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilgan. 
O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ayollarning faolligini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, shuningdek, oila instituti, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida ayollar ishtirokidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati nafaqat son jihatdan o‘sishga, balki ularning amaliy samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlarining ortishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi haqidagi natijalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining VII.”Xalqaro maydonda milliy manfaatlar ustivorligi yo‘nalishi”da keltirilgan vazifalarni ishlab chiqishda foylanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi 02/02-73-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar saylovoldi dasturida belgilangan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
milliy qonunchilikda bola huquqlari bilan bog‘liq 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 500 milliy qonunchilikda bola huquqlari bilan bog‘liq 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 500 dan ortiq qonunosti hujjatlarining tahlili bolalar huquqlari sohasidagi qonunchilik bilan ixtisoslashgan holda ish olib borish hamda uning ijrosi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirib, ushbu yo‘nalishga ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ham keng jalb qilinishiga olib kelganligiga doir natijalardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining nazorat-tahlil faoliyatida hamda qo‘mita mas’ulligidagi 2022-yil 8- avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-bob, 13-moddasining tegishli bamdlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining  2024-yil 11-dekabrdagi 04/10-10-122-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mazkur qonun nomasiga ijtimoiy sheriklik tamoyillari keng joriy qilish imkonini bergan.
so‘nggi yillarda atrof-muhitni, ekologik muvozanatni saqlash borasida qabul qilingan qarorlar, amalga oshirilayotgan kompleks dasturlar, ularni moliyalashtirish mexanizmlarining tahlili ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida aholida tevarak atrofga mas’uliyat hissini oshirish hamda ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilishi lozimligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muasasasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-30-1228-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanish tarixi, jamiyatda barqarorlik va adolatni ta’minlashda ijtimoiy sheriklikning o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan. 
O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy sheriklikning modeli o‘zbek xalqining kayfiyati, huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq barcha sohalarni qamrab olishi barobarida ijtimoiy sheriklikda qatnashadigan subektlar ko‘lami keng bo‘lib, jamiyatdagi barcha aholi qatlamlari manfaatlarini samarali ta’minlash imkonini yaratishi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi “yo‘l xaritalari” tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining 2024-yil 6-dekabrdagi 07/28-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ijtimoiy mehnat munosabatlaridagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ehtimoliy nizolarni  prognoz qilish va ularning oldini olishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish