Kurbaniyazov Alisher Saparniyazovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida erlarni ekishga  tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4721.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Naurizbaev Alliyar Oserbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston sharoitida daladan bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqish va u ish organlarining parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpog‘iston sharoitida erlarga ekish oldidan ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregatning texnologik ish jarayoni va konstruktiv sxemasi u daladan bir o‘tishda tuproqni belgilangan chuqurlikka yumshatishi, maydalashi va talablar darajasida zichlashi lozimligini hisobga olib ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregat ish organlarining parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘liqliklar tuproqqa kam energiya sarflab talablar darajasida ishlov berilishi ta’minlanishi shartidan keltirib chiqarilgan;
kombinatsiyalashgan agregat tishining umumiy va pastki o‘tkirlangan uchining uzunliklari hamda tishlar izlarining kengligi dala yuzasiga to‘liq va tuproqqa belgilangan chuqurlikka ishlov berilishini hisobga olgan holda asoslangan; 
tekislagich-zichlagichning parametrlari tuproqni talab darajasida tekislash va zichlash lozimligi shartidan keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida erlarni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erlarni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasining “Tuproqqa ishlov berish uchun kombinatsiyalashgan agregat”, FAP 2777 raqamli foydali modelga patenti olingan. Natijada bir o‘tishda tuproqni belgilangan chuqurlikka yumshatib, maydalaydigan va talablar darajasida zichlaydigan kombinatsiyalashgan agregatning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan erlarni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining “Dixan-Damir” fermer xo‘jaligi, Nukus tumanining “Moyli ekinlar seleksiyasi-urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari o‘quv ilmiy markazi” xo‘jaligi, Kegeyli tumanining “Arislan-sharwa” fermer xo‘jaligi hamda Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-martdagi 02/017-717-son ma’lumotnomasi) Natijada erlarni ekishga tayyorlashda tuproqning uvalanish darajasi (o‘lchami 25-mm bo‘lgan fraksiyalar miqdori) 81,3-83,4 foizni, dala yuzasidagi notekisliklar balandliklarining o‘rtacha kvadratik chetlanishi ±1,67-1,54 cm ni, tuproqning zichligi esa 1,14-1,16 g/cm3 ni tashkil etgan, mehnat sarfi 40 foizga hamda bir gektar erga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 50 foizga kamaygan;
ishlab chiqilgan erlarni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2025-yil 05-fevraldagi №01-08-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan erlarni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish