Abidova Muqaddas Atxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligida nevrologik asoratlarning rivojlanishida D3 vitaminning ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 PhD/Tib1537.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda nevrologik buzilishlarning oldini olishda D₃ vitaminining ta’sirini baholash, diagnostika va davo usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postkovid sindromi bilan og‘rigan bemorlarda D3 vitamini darajasining pasayishi xavotir-depressiya holatlari, kognitiv buzilishlar va nevrologik etishmovchilikning og‘irlik darajasi bilan neyroimmun disbalans yuzaga kelishi sababli uzviy bog‘liq ekani aniqlangan;
COVID-19 assotsiatsiyalangan nevrologik asoratlar patogenezida D3 vitaminining gumoral immun javob (IgM va IgG) faolligiga nisbatan immunomodulyator ta’siri hamda uning etishmovchiligi fonida yuzaga keluvchi gomeostaz buzilishi va sitokin disbalansi bilan kechuvchi immun tizim disregulyasiyasi ilmiy jihatdan isbotlangan;
D3 vitamini neyroimmun tizimdagi sitokinlar ekspressiyasini cheklovchi ikkilamchi ta’siri va yallig‘lanish mediatorlari faolligini pasaytirishi sababli postkovid neyroimmun gomeostazning buzilishini oldini olishi aniqlangan;
postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlash uchun laborator va instrumental ma’lumotlarga asoslangan kompleks diagnostik mezon ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 oqibatida rivojlanadigan nevrologik asoratlarning yuzaga chiqishida D3 vitaminining o‘rni buyicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromi bilan og‘rigan bemorlarda D3 vitamini darajasining pasayishi xavotir-depressiya holatlari, kognitiv buzilishlar va nevrologik etishmovchilikning og‘irlik darajasi bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatuvchi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/325-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Zashhitnaya rol` vitamina D pri nevrologicheskix rastroystv u patsientov s koronovirusnoy infeksiey» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 4 fevraldagi №5/1-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi «Qibray» klinik sanatoriyasi (2025 yil 12 fevraldagi №14/2A-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilgan diagnostik yondashuv orqali postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlash, depressiya va kognitiv buzilishlar xavfini kamaytirish, hamda vitamin D3 kamayishi fonidagi immun va neyropsixologik o‘zgarishlarni nazorat qilish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilgan diagnostik va terapevtik yondashuv postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan nevrologik asoratlarni kamaytirish, ularni erta aniqlash va davolash jarayonida bir nafar bemor hisobida 440000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Postkovid sindromli bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi depressiya holatlari va kognitiv buzilishlar bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bu esa ushbu bemorlarda neyropsixologik asoratlarni erta aniqlash va maqsadli vitamin D3 terapiyasini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19  assotsirlangan nevrologik asoratlar patogenezida D3 vitaminining gumoral immun javob (IgM va IgG) faolligiga bo‘lgan immunomodulyator ta’siri, shuningdek uning etishmovchiligi immun tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq ekani to‘g‘risidagi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/325-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Zashhitnaya rol` vitamina D3 pri nevrologicheskix rastroystv u patsientov s koronovirusnoy infeksiey» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 4 fevraldagi №5/1-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi «Qibray» klinik sanatoriyasi (2025 yil 12 fevraldagi №14/2A-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Taklif etilgan diagnostik yondashuv orqali postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlash, depressiya va kognitiv buzilishlar xavfini kamaytirish, hamda vitamin D3 kamayishi fonidagi immun va neyropsixologik o‘zgarishlarni nazorat qilish imkoni yaratilgan. Ijtimoiy samaradorlik:Taklif etilgan yondashuv immun tizim faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni erta aniqlashga xizmat qilib, postkovid davrida kechayotgan immun disfunktsiyalarning oldini olish imkonini berdi. Bu esa aholi o‘rtasida immun tizim bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirish, xususan, qayta infektsiya xavfini pasaytirish va remissiya davrini uzaytirishga olib keladi. Shu bilan birga, terapevtik strategiyalarni individuallashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Taklif etilgan diagnostik va terapevtik yondashuv postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan nevrologik asoratlarni kamaytirish, ularni erta aniqlash va davolash jarayonida bir nafar bemor hisobida 440000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Postkovid sindrom kuzatilgan bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi kognitiv buzilishlar va depressiya holatlari bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Bu natija D3 vitamini darajasini baholash orqali postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlash va ularni oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: D3 vitaminining neyroimmun tizimga ikkilamchi ta’siri orqali yallig‘lanish mediatorlari faolligini pasaytirib, postkovid neyroimmun disregulyasiyaning oldini olishi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/325-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Zashhitnaya rol` vitamina D3 pri nevrologicheskix rastroystv u patsientov s koronovirusnoy infeksiey» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 4 fevraldagi №5/1-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi «Qibray» klinik sanatoriyasi (2025 yil 12 fevraldagi №14/2A-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: D3 vitaminining postkovid nevrologik asoratlardagi rolini to‘liq tushunish uning klinik amaliyotda qo‘llanishini kengaytirishga xizmat qilgan. Bu esa aholi orasida depressiya, kognitiv pasayish va boshqa nevrologik buzilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Taklif etilgan diagnostik va terapevtik yondashuv postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan nevrologik asoratlarni kamaytirish, ularni erta aniqlash va davolash jarayonida bir nafar bemor hisobida 440000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Tadqiqot doirasida D3 vitaminining koronavirus infeksiyasidan keyingi nevrologik asoratlar shakllanishidagi patogenetik rolini ilmiy asosda ko‘rsatish orqali ushbu moddani klinik amaliyotga joriy etish imkoni yaratildi. Bu nafaqat terapevtik samaradorlikni oshirdi, balki sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘ tejashda ham muhim omil bo‘ldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlash uchun laborator va instrumental ma’lumotlarga asoslangan kompleks diagnostik mezon bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/325-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Zashhitnaya rol` vitamina D3 pri nevrologicheskix rastroystv u patsientov s koronovirusnoy infeksiey» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 4 fevraldagi №5/1-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi «Qibray» klinik sanatoriyasi (2025 yil 12 fevraldagi №14/2A-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Yangi kompleks diagnostik algoritm yordamida postkovid nevrologik asoratlar, xususan, kognitiv pasayish, depressiya va markaziy asab tizimiga doir funksional o‘zgarishlar erta bosqichda aniqlanishiga erishildi. Bu bemorlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolanishini ta’minlab, ularning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilash, mehnat qobiliyatini tiklash va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: Taklif etilgan diagnostik va terapevtik yondashuv postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda D3 vitamini etishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan nevrologik asoratlarni kamaytirish, ularni erta aniqlash va davolash jarayonida bir nafar bemor hisobida 440000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan yangi kompleks diagnostik algoritm postkovid nevrologik asoratlarni erta aniqlashda yuqori samara berdi. Mezonni amaliyotga joriy etish, bemorlarning holatini tez va xolis baholash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish