Raximova Nodira Baxodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P946.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ashurov Ramziddin Ramazanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslash hamda ularda kasbiy tafakkurni shakllantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkurning  shakllanishi didaktik jarayonda yaqqol ifodalangan vaziyatlarda aniq detallarga muvofiq fikrlash, ijtimoiy holatlarga yo‘nalgan mushohadalarni yurutish ko‘nikmasini individuallashgan shaklda pedagogik intuisiyaga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, pedagog-o‘qituvchi munosabatlarida shaxsning rivojlanish troektoriyasini prognozlay olish ko‘nikmasini kasbiy o‘zlikni anglash ta’sirida interiorizatsiyalanishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan. 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tafakkurini shakllanishiga faoliyat motivining ta’siriga ko‘ra, ichki motivatsiya asosidagi kasbiy tanlov, muayyan pedagigok vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik qobiliyati, muammoli pedagogik vaziyatlarda ko‘p qirrali echimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelgan muammolarni anglab etish va tahlil qilish tafakkurining rivojlanganligi tufayli komunikativ pedagogik qobiliyatlarning intellektual hislarga bog‘liq jihatlari didaktik fikrlashning ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik holatini kuchaytirishi dalillangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishi akademik tafakkurdan haqiqiy mahoratli tafakkurga o‘tish, kasbiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni idrok etish, ta’limning hissiy muhitini yaratish,  o‘quv jarayonining ijobiy hissiy ohangini oshirish,  kasbiy mahoratni shakllantirishda mutaxassis tajribasi va uni aks ettirish kombinatsiyasiga asoslanib,  nazariy bilimlar va amaliy tajribaning refleksiv integratsiyasi retrospektiv va prognostik darajalariga bog‘liq namoyon bo‘lishi  aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlanishini pedagogik mushohada yurutishning kognitiv, shaxsiy, motivatsion-maqsadli va faoliyat yo‘nalishining tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liqligi asoslanib didaktik axborotlarni qayta ishlashdagi idrok selektivligini divergent fikrlash ta’sirida yuzaga keluvchi kasbiy qadriyatlarni  shakllanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkurning  shakllanishi didaktik jarayonda yaqqol ifodalangan vaziyatlarda aniq detallarga muvofiq fikrlash, ijtimoiy holatlarga yo‘nalgan mushohadalarni yurutish ko‘nikmasini individuallashgan shaklda pedagogik intuisiyaga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, pedagog-o‘qituvchi munosabatlarida shaxsning rivojlanish troektoriyasini prognozlay olish ko‘nikmasini kasbiy o‘zlikni anglash ta’sirida interiorizatsiyalanishi doirasidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-429 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-429 a son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tafakkurini shakllanishiga faoliyat motivining ta’siriga ko‘ra, ichki motivatsiya asosidagi kasbiy tanlov, muayyan pedagigok vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik qobiliyati, muammoli pedagogik vaziyatlarda ko‘p qirrali echimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelgan muammolarni anglab etish va tahlil qilish tafakkurining rivojlanganligi tufayli komunikativ pedagogik qobiliyatlarning intellektual hislarga bog‘liq jihatlari didaktik fikrlashning ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik holatini kuchaytirishi sifatida namoyon bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-429 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-429 a son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy motivatsiyaning shakllanishi va namoyon bo‘lishi, yuzaga kelgan muammollarni anglab etish va tahlil qilish tafakkuri haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlar shakllanishi ta’minlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishi akademik tafakkurdan haqiqiy mahoratli tafakkurga o‘tish, kasbiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni idrok etish, ta’limning hissiy muhitini yaratish,  o‘quv jarayonining ijobiy hissiy ohangini oshirish,  kasbiy mahoratni shakllantirishda mutaxassis tajribasi va uni aks ettirish kombinatsiyasiga asoslanib,  nazariy bilimlar va amaliy tajribaning refleksiv integratsiyasi retrospektiv va prognostik darajalariga bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-429 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-429 a son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv faoliyatini shakllantirishning - akademik tafakkurdan haqiqiy mahoratli tafakkurga o‘tish, kasbiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni idrok etish, talabalarning faol aqliy faoliyatiga maksimal darajada ishonish, o‘quv jarayonini talabalar shaxsi va tafakkuri rivojlanishining maqbul darajasida shakllantirish va o‘tkazish, ta’limning hissiy muhitini yaratish bo‘yicha bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlanishini pedagogik mushohada yurutishning kognitiv, shaxsiy, motivatsion-maqsadli va faoliyat yo‘nalishining tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liqligi asoslanib didaktik axborotlarni qayta ishlashdagi idrok selektivligini divergent fikrlash ta’sirida yuzaga keluvchi kasbiy qadriyatlarni  shakllanishiga oid olingan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-429 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-429 a son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning pedagogik tafakkurning kognitiv, shaxsiy, motivatsion-maqsadli va faoliyat yo‘nalishining tarkibiy qismlari ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik tafakkurni rivojlantirish tizimi bo‘yicha olingan ma’lumotlar haqidagi tasavvurlari boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish