Maxammatova Saidaxon Sadriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1156.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Turaxanova Abdukarim Eshqo‘zievich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy psixologik omillarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy-psixologik omillari inson va kasb diadasidagi individual sifatlarni nizolarni boshqarish orqali hayot tarziga integratsiyasida ifodalanishiga asoslanib karera yo‘nalishi ta’sirida shaxslararo munosabatlarni sub’ektiv baholashga bog‘liq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
psixolog talabalarning kasbiy kutishlari kasbga «ijobiy munosabat», «ongli kasb tanlovi» va “barqaror kasbiy yo‘nalish”ni shakllantirishda asosiy dominant omil ekanligiga asoslanib “psixolog obrazi” haqidagi tasavvurlarning hissiy rakursda professional ustanovkalarga refleksiv integratsiyasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
psixolog talabalarning kasbiy kutishlarini shakllanishida «jins», «hududiy farqlar»ga ko‘ra, «kasbiy amaliyot imkoniyatlari», «oilaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» omili ustuvor ekanligiga asoslanib shaxs motivasion sohasidagi sog‘lom raqobatga intilishning qadriyatlar tizimiga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi aniqlangan;
psixolog talabalarda kasbiy kutishlarni shakllanishi «ijtimoiy rollar» va «mas’uliyatni tushunish», «kasbiy o‘ziga xoslik», «o‘zini anglash», «kasbiy qaror qabul qilish» qobiliyatini rivojlantirish muhimligiga asoslanib shaxsning o‘ziga beradigan adekvat bahosi va prfoessional ko‘nikmalarga oid tasavvurlarini ta’limga nisbatan intrinsiv motivlar negizida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy psixologik omillarini tadqiq etish natijalari asosida:
psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy-psixologik omillari inson va kasb diadasidagi individual sifatlarni nizolarni boshqarish orqali hayot tarziga integratsiyasida ifodalanishiga asoslanib karera yo‘nalishi ta’sirida shaxslararo munosabatlarni sub’ektiv baholashga bog‘liq namoyon bo‘lishi aniqlangan ma'lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-428 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-428 a son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog talabalarni kasbiy kutishlarining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashga erishilgan.
psixolog talabalarning kasbiy kutishlari kasbga «ijobiy munosabat», «ongli kasb tanlovi» va “barqaror kasbiy yo‘nalish”ni shakllantirishda asosiy dominant omil ekanligiga asoslanib “psixolog obrazi” haqidagi tasavvurlarning hissiy rakursda professional ustanovkalarga refleksiv integratsiyasiga bog‘liq ekanligi dalillangan ma'lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-428 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-428 a son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog talabalarning kasbiy kutishlari “psixolog obrazi” haqidagi tasavvurlar bilan bog‘lab asoslangan.
psixolog talabalarning kasbiy kutishlarini shakllanishida «jins», «hududiy farqlar»ga ko‘ra, «kasbiy amaliyot imkoniyatlari», «oilaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» omili ustuvor ekanligiga asoslanib shaxs motivasion sohasidagi sog‘lom raqobatga intilishning qadriyatlar tizimiga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi aniqlangan ma'lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-428 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-428 a son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog talabalarning kasbiy kutishlarini shakllanishida «jins», «hududiy farqlar»ga ko‘ra namoyon bo‘lishidagi tafovurlar ochib berilgan.
psixolog talabalarda kasbiy kutishlarni shakllanishi «ijtimoiy rollar» va «mas’uliyatni tushunish», «kasbiy o‘ziga xoslik», «o‘zini anglash», «kasbiy qaror qabul qilish» qobiliyatini rivojlantirish muhimligiga asoslanib shaxsning o‘ziga beradigan adekvat bahosi va prfoessional ko‘nikmalarga oid tasavvurlarini ta’limga nisbatan intrinsiv motivlar negizida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan ma'lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23- avgustdagi PM-428 son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-428 a son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog talabalarda kasbiy kutishlarni shakllanishidagi o‘ziga xos jihatlar ochib berilgan.