Jumaboeva Mahliyo Xudaybergan qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda o‘qish motivlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari (davlat va xususiy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P912.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor;  Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich,  psixologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda o‘qish motivlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning yangiligi:
talabalarda o‘qish motivlarining differensial namoyon bo‘lishi didaktik axborotlarni o‘zlashtirish, ularni kasbiy identifikatsiyalashda ichki individual, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish va muloqot bilan bog‘liq motivlarning yetakchi xarakterga egaligiga asoslanib tanlangan kasbga nisbatan emotsional munosabatning eksternal motivlarga integrativ rivojlanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
talabalarda o‘qish motivlarini differensial namoyon bo‘lishiga intellekt tiplarining ta’siriga ko‘ra davlat va xususiy universitetda tahsil olish bilim egallash va kasb sir-asrorlarini o‘zlashtirish ehtiyojini individual tarzda ifodalashiga olib kelganligi tufayli mantiqiy va lingvistik intellektning professional shakllanishga bog‘liq rivojlanishi aniqlangan;
talabalarda o‘qish motivlarining differensiyasiga qaraganda professional bilimlarni o‘zlashtirish ehtiyoji shaxsda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini kuchli ifodalashiga ta’sir etganligi tufayli ekstrinsiv motivlarni intrinsiv motivlarga intellektual hislar orqali o‘zgarishi dalillangan;
talabalarda ichki o‘quv motivlarini shakllantirishda kasbiy axborotlarni bilish, ta’limga nisbatan hissiy-irodaviy munosabat, pedagogik jarayondagi muloqot va xulq-atvorni intellektual hislar bilan integratsiyasi muhimligi tufayli individual rivojlanish traektoriyasiga yo‘nalgan “talaba pozisiyasi”ning akademik motivatsiyaga bog‘liq namoyon bo‘lishiga erishish zarurligi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Talabalarda o‘qish motivlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari (davlat va xususiy ta’lim muassasalari misolida)ni tadqiq qilish natijasida:
talabalarda o‘qish motivlarining differensial namoyon bo‘lishi didaktik axborotlarni o‘zlashtirish, ularni kasbiy identifikatsiyalashda ichki individual, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish va muloqot bilan bog‘liq motivlarning yetakchi xarakterga egaligiga asoslanib tanlangan kasbga nisbatan emotsional munosabatning eksternal motivlarga integrativ rivojlanishiga bog‘liq ekanligi haqidagi yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-№ 347-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasi talabalarida kurslar kesimi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish, kasb egallash, diplom olish motivlari o‘rtasidagi tafovutlar aniqlandi;
talabalarda o‘qish motivlarini differensial namoyon bo‘lishiga intellekt tiplarining ta’siriga nisbatan davlat va xususiy universitetda tahsil olish bilim egallash va kasb sir-asrorlarini o‘zlashtirish ehtiyojini individual tarzda ifodalashiga olib kelganligi tufayli mantiqiy va lingvistik intellektning professional shakllanishga bog‘liq rivojlanishi haqidagi ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-№ 347-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasi talabalaridagi kasb tanlashdagi ichki individual, ichki ijtimoiy, tashqi ijobiy va tashqi salbiy motivlar namoyon bo‘lishining kurs jihatdan tafovutlar mavjudligi isbotlangan;
talabalarda o‘qish motivlarining differensiyasiga ko‘ra professional bilimlarni o‘zlashtirish ehtiyoji shaxsda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini kuchli ifodalashiga ta’sir etganligi tufayli ekstrinsiv motivlarni intrinsiv motivlarga intellektual hislar orqali o‘zgarishiga oid ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-№ 347-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘qish motivlari shakllanishida intellektual qobiliyatlari va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanganligi isbotlangan;
talabalarda ichki o‘quv motivlarini shakllantirishda kasbiy axborotlarni bilish, ta’limga nisbatan hissiy-irodaviy munosabat, pedagogik jarayondagi muloqot va xulq-atvorni intellektual hislar bilan integratsiyasi muhimligi tufayli individual rivojlanish traektoriyasiga yo‘nalgan “talaba pozisiyasi”ning akademik motivatsiyaga bog‘liq namoyon bo‘lishiga oid yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-№ 347-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi 347-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasasi talabalarining bilish, hissiy-irodaviy, shaxslararo hamda xulq-atvor sohalariga ta’sir etish orqali ularning o‘qish motivlarini rivojlantirish hamda ulardagi o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish