Inamov Alisher Kosim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ichki ishlar xodimlarida kasbiy adaptatsiyasini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P791.
Ilmiy rahbar: Juraev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Dushanov Rustam Xujanovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ichki ishlar tizimidagi xodimlarda kasbiy adaptatsiya jarayonining ijtimoiy psixologik  xususiyatlarini o‘rganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatini o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra xizmat vazifasini bajarishdagi emotsional, somatovegetativ o‘zgarishlar iroda kuchini safarbarligini ortishiga olib kelganligi tufayli xizmat jarayoniga adaptatsiyaning ijtimoiy va psixofiziologik darajalarini professional identifikatsiya ta’sirida individuallashuvi aniqlangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy adaptatsiyasi fuqarolar bilan ishlash hamda xizmat vazifalarini bajarish jarayonida shaxsning o‘zini va boshqalarni qabul qilishi, emotsional komfort, ichki hamda tashqi nazorat sifatlarining yuqori darajada namoyon bo‘lishi muhimligiga asoslanib faoliyatga nisbatan ijodiy identifikatsiyaning kasbiy rollarni anglanilishiga ta’sirini o‘zaro integratsiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
 xodimning kasbiy adaptatsiyasini mehnat faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga bog‘liqligi shaxsning xizmat vazifalarini bajarishdagi emotsional diskomfort, o‘zini va boshqalarni qabul qila olmaslik, ichki nazoratning passivligi hamda eskapizm (muammodan qochish) xususiyatlarini bartarf etilishiga olib kelganligi tufayli “subekt-subekt” munosabatlaridagi ijtimoiy persepsiyaning refleksiv jihatlarini paksik xislar orqali kuchli ifodalanishiga ta’sir etishi aniqlangan;  
ichki ishlar xodimlarida kasbiy adaptatsiyani takomillashtirish modeli jamoadagi hamkorlik, fuqarolar bilan muloqot, xizmat faoliyatidagi funksional vaziflarni qabul qilishdagi professional yondashuv, kommunikativlik, nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllanishiga erishish muhimligiga asoslanib shaxs yo‘nalganligini uning ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’sirini kuchaytiruvchi lokus nazoratni integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida optimallashtirilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ichki ishlar xodimlarida kasbiy adaptatsiyani takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatini o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra xizmat vazifasini bajarishdagi emotsional, somatovegetativ o‘zgarishlar iroda kuchini safarbarligini ortishiga olib kelganligi tufayli xizmat jarayoniga adaptatsiyaning ijtimoiy va psixofiziologik darajalarini professional identifikatsiya ta’sirida individuallashuvi aniqlanganligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 23-avgustdagi PM 425-buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 20-avgustdagi PM 425 a– son ma’lumotnomasi). Natijada bu kasbiy qiyinchiliklarni boshqarishni, ijtimoiy-psixologik adaptatsiyani takomillashtirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy adaptatsiyasi fuqarolar bilan ishlash hamda xizmat vazifalarini bajarish jarayonida shaxsning o‘zini va boshqalarni qabul qilishi, emotsional komfort, ichki hamda tashqi nazorat sifatlarining yuqori darajada namoyon bo‘lishi muhimligiga asoslanib faoliyatga nisbatan ijodiy identifikatsiyaning kasbiy rollarni anglanilishiga ta’sirini o‘zaro integratsiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 23-avgustdagi PM 425-buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 20-avgustdagi PM 425 a– son ma’lumotnomasi). Natijada bu ichki ishlar tizimida boshqaruvning samaradorligini oshirishga va motivatsion strategiyalarni joriy qilishni aniqlashga xizmat qilgan; 
xodimning kasbiy adaptatsiyasini mehnat faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga bog‘liqligi shaxsning xizmat vazifalarini bajarishdagi emotsional diskomfort, o‘zini va boshqalarni qabul qila olmaslik, ichki nazoratning passivligi hamda eskapizm (muammodan qochish) xususiyatlarini bartarf etilishiga olib kelganligi tufayli “subekt-subekt” munosabatlaridagi ijtimoiy persepsiyaning refleksiv jihatlarini paksik xislar orqali kuchli ifodalanishiga ta’sir etishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 23-avgustdagi PM 425-buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 20-avgustdagi PM 425 a– son ma’lumotnomasi). Natijada xodimlarning umumiy salomatligini va jismoniy holatini yaxshilash orqali kasbiy moslashuvni engillashtirishga erishilgan;
ichki ishlar xodimlarida kasbiy adaptatsiyani takomillashtirish modeli jamoadagi hamkorlik, fuqarolar bilan muloqot, xizmat faoliyatidagi funksional vaziflarni qabul qilishdagi professional yondashuv, kommunikativlik, nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllanishiga erishish muhimligiga asoslanib shaxs yo‘nalganligini uning ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’sirini kuchaytiruvchi lokus nazoratni integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida optimallashtirilganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 23-avgustdagi PM 425-buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 – yil 20-avgustdagi PM 425 a– son ma’lumotnomasi). Natijada bu kasbiy stressni boshqarish, xodimlarning kasbiy qiyinchiliklarga qarshi psixologik chidamliligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish