Asqarova Shaxnoza Kamolidinovnaning fan doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Alpomish” dostoni inglizcha tarjimasining lingvistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil358.
Ilmiy maslahatchi: Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xomidov Xayrulla Xudoyorovich filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Alpomish” dostoni asliyatida qo‘llangan leksik birliklarning struktur-semantik, grammatik va stilistik xususiyatlarini inglizcha tarjimada berilishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Alpomish” dostoni asliyati va uning inglizcha tarjima matnlarini genealogik-lingvopoetik shakllanish jarayoni hamda ularning tekstologik va lingvomadaniy xususiyatlari nazariy va amaliy jihatdan dalillangan;
“Alpomish” dostoni asliyati va inglizcha tarjimasida qo‘llangan leksemalarning invariantlari, ularning o‘zaro izomorfik va allomorfik korrelyasiyalari, shuningdek, ikki xalq milliy mentalitetiga xos intralingvistik hamda ekstralingvistik determinantlar va etnomadaniy markerlar autentik materiallar asosida konseptual nuqtai nazardan ochib berilgan;
“Alpomish” dostoni asliyatida mavjud onomastik, zoonimik va fitonimik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari lingvopoetik mezonlar asosida tadqiq etilib, ularning ingliz tiliga tarjima jarayonidagi adekvativ va noadekvativ ekvivalensiya darajalari, tarjima strategiyasidagi yutuq va transformatsion kamchiliklar aniqlanib, amaliy korreksiya mexanizmlari dalillangan;
“Alpomish” dostoni asliyatida qo’llangan leksik birliklar va stilistik ekspressiv vositalar uning inglizcha tarjimasida ekvivalentli va ekvivalensiz leksemalarning semantik darajalari asosida tadqiq qilinib, tarjima sifatini optimallashtirishning innovatsion metodologiyasi isbotlangan;
“Alpomish” dostoni asliyatida va uning inglizcha matnida uchraydigan stilistik vositalar – epik klishelarning lingvopoetik transpozisiyasi hamda takrorlarning fonetik, semantik va grammatik invariantlarini tizimlashtirish orqali ularning lingvo-pragmatik xususiyatlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alpomish” dostoni inglizcha tarjimasining lingvistik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
turli tizimli tillarning tarjima muammolarini bartaraf etish maqsadini ko’zlagan holda “Alpomish” dostonidagi takrorning inglizcha tarjimalari, turlari, matndagi vazifalari tadqiq etilgan hamda o’zbek adabiyotining rivojlanish bosqichlari asoslangan ushbu dissertatsiyaning ilmiy nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2017–2020-yillarga mo’ljallangan OT-FI-030. “O’zbek adabiyoti tarixi” ko’p jildlik monografiyani (7 jildlik) chop etishga mo’ljallangan fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-yanvardagi 04/1-156-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan xulosalar o’zbek adabiyotining etimologik, xronologik tasvirini yaratishga hamda ularda uchragan takrorlarni to’g‘ri qo’llashga xizmat qilgan;
o’zbek xalq qahramonlik dostoni “Alpomish”ning inglizcha tarjima matnida ishtirok etgan antroponim, zoonim va fitonimlarning leksem xususiyatlari tahlili, semantik, grammatik ekvivalentlik muammolari hamda stilistik vositalar tarjimasining murakkab tomonlari yoritilishiga oid ilmiy natija va ma’lumotlardan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2021–2023-yillarga mo’ljallangan “Adabiy do’stlik – abadiy do’stlik” loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 23-noyabrdagi 01-03/3123-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari tarjima asarlarida asliyat ma’nosi va hissiy rangini saqlab qolish masalasi, grammatik tuzilishi, uslub va lug‘atdagi o’zgarishlar sababli turli tizimli tillarda qo’llangan so’zlar, iboralarga munosib muqobillarni topish lozimligini asoslash uchun xizmat qilgan;
xalq og‘zaki ijodiga oid ushbu dostonning inglizcha tarjimasidagi leksik birliklarning ekvivalentli va ekvivalensiz leksikada aks etishi, asliyatdagi nazmiy qismlarning tarjimada tushib qolishi kabi muammolarga berilgan takliflardan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g‘risida”gi 2017-yil
13-sentyabrdagi PQ-3271-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini takomillashtirish to’g‘risida”gi 891-son Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida yangidan tashkil etilayotgan “O’zbek xalq og‘zaki ijodiyoti” nomli ekspozisiya taqdimotida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining 2024-yil 22-yanvardagi 14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, doston tarjimasining to’liq shakli ekspozisiya taqdimotida infokiosk shaklida xorijlik ziyoratchilarga taqdim etilgan, “Alpomish” dostoni borasida ma’lumot berish orqali xorijlik turist-ziyoratchilar va yosh avlodga milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni etkazib berishda muhim material vazifasini o’tagan;
“Alpomish” dostonini ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida uning matnini lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilishda 2020–2023-yillarda bajarilgan FZ 201912099 “O’zbek folklorining o’zbek va ingliz tillarida vebsayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 5-yanvardagi 04-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Alpomish” dostoni asliyati va uning inglizcha tarjimasida qo’llanilgan onomastik, zoonimik, fitonimik leksik birliklarning struktur-semantik va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil etilib, ularning tashqi hamda ichki shakllari aniqlangan, mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan “Alpomish” dostonining inglizcha tarjima namunasi dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
doston tarjimasidagi ekvivalentlikning grafik, fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini siyosiy matnlar tarjimasiga tadbiq qilish yuzasidan Shvesiyada joylashgan “Markaziy Osiyo Uyushmasi” Jamiyatining O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2021–2023-yillar davomida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik islohotlarni qo’llab-quvvatlash hamda inson huquqlari ta’minlanishini monitoring qilish maqsadida amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar doirasida foydalanilgan (“Markaziy Osiyo Uyushmasi” jamiyatining O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan 2023-yil 11-sentyabrdagi 15-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvistik va ekstralingvistik omillarni o’rganish va muqobil tarjimasini aniqlash siyosiy anjumanlar, siyosiy matnlar tuzishda, chet el manba va hujjatlari tarjimalarida asl ma’noni saqlab qolishga xizmat qilgan.
“Alpomish” dostonining o’zbek xalqi milliy madaniyatiga qo’shgan hissasi, uning Q.Ma’murov tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimasidagi leksik- semantik guruhlarning lingvomadaniy xususiyatlari hamda stilistik vositalarning tarjimada aks etishiga oid taklif va tavsiyalardan 2022–2023-yillarda O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DMning 24-iyul 2023-yildagi 04-36-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega ilmiy ma’lumotlardan foydalangan holda tashkil etilgan dasturlar jamiyatimizda mavjud ustuvor yo’nalishlar va qadriyatlar jadal o’zgarayotgan hozirgi sharoitda moslashuvchan ijtimoiy shaxs hamda undagi yangicha tafakkurni shakllantirishga oid vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish