Amonturdieva Shoira Ravshanovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilining diniy uslubi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.3.DSc/Fil327 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Suyun Amirovich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli bir martalik kengash Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, professor Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor Galieva Margarita Rafaelovna.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diniy matnlarning lingvistik va ekstralingvistik jihatlarini tahlil qilish orqali o‘zbek tilining funksional uslublari tizimda yana bir mustaqil uslub – diniy uslubning mavjudligini ilmiy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
diniy tafakkurning lisoniy ifodasini tadqiq etuvchi teolingvistikaning diniy tilshunoslik, diniy-lingvistik hatti-harakat, diniy ko‘rinishdagi muloqot va munosabat shakllari hamda diniy ta’limotni o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishdagi o‘rni va ahamiyati, diniy uslubining lingvistik va ekstralingvistik jihatlari ilmiy-nazariy asoslar orqali ochib berilgan; 
o‘zbek tilidagi diniy uslubga xos leksik, semantik, stilistik, morfologik, sintaktik elementlar boshqa funksional uslublardan farq qilishi, mazkur uslubning shakllanishida muhim sanalgan antropotsentrik, kognitiv va kommunikativ parametrlar undagi aniqlik, mantiqiy izchillik, obektivlik, mavhumlik kabi asosiy jihatlar inson tafakkuri bilan bog‘liq hodisa ekanligi dalillanib, o‘zbek tilshunosligida diniy uslubning shakllanishida ekstralingvistik omillarning qo‘llanilish chastotasi monologik, dialogik va polilogik ko‘rinishdagi og‘zaki matnlarda ustuvorlikka ega ekanligi, muayyan nutqning subektiv va kinestetik munosabati – da’vat, jest, mimika singari harakatlarga yo‘l qo‘yilmaslik bilan bog‘liq cheklovlar asosida vujudga kelishi isbotlangan;  
tilshunoslikdagi onomastik birliklarning ma’lum bir qismi presendent xarakterga ega ekanligi, diniy matnlarda tilga olingan antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida olamning diniy manzarasini aks ettirishi, kognitiv dinshunoslikning tadqiqot dasturi asosida til va tafakkur, ong va madaniy birlashuv – diniy fenomenni umumiy tarzda tahlil qilishi, madaniy fenomenni keng ko‘lamda izohlashi orqali o‘zbek tilining diniy uslubi madaniy antropologiya, arxeologiya va madaniy tilshunoslik singari fanlarning o‘zaro hamkorligi asnosida taraqqiy etishi isbotlangan;  
diniy uslubda adabiy til me’yorlariga va notiqlik san’ati talablariga amal qilinishi, diniy nutqdagi ovoz tembrining o‘ziga xos xususiyatlari hamda diniy nutqdagi prosodik vositalar diniy matnlarni sifatli o‘qilishi hamda qiroat qilinishiga ta’sir ko‘rsatishi, diniy arboblar va ulamolarning ovozidagi sokinlik, salobat, joziba, o‘ktamlilik, diqqatni jalb etish kabi sifatlar fonetik-eksperimental tadqiqotlar orqali  asoslab berilgan;
diniy uslub nazariyasi va amaliyotini intensiv o‘qitishga hamda o‘zbek tilining diniy nutqi va uning lingvomadaniy xususiyatlarini tatqiq etishga oid ilmiy-nazariy jihat va konseptual yondashuv asosida yuzaga kelgan tavsiyalar – o‘zbek tilining funksional stilistikasida yana bir mustaqil funksional uslub – diniy usubning paydo bo‘lishiga xizmat qilishi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining diniy uslubi mavzusi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diniy tafakkurning lisoniy ifodasini tadqiq etuvchi teolingvistikaning diniy tilshunoslik, diniy-lingvistik hatti-harakat, diniy ko‘rinishdagi muloqot va munosabat shakllari hamda diniy ta’limotni o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishdagi o‘rni va ahamiyati, diniy uslubining lingvistik va ekstralingvistik jihatlari ilmiy-nazariy asoslar orqali ochib berilishiga doir ilmiy yangilik va tavsiyalar Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 248/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan qo‘llanmalar, tarqatma materiallar ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilidagi diniy uslubga xos leksik, semantik, stilistik, morfologik, sintaktik elementlar boshqa funksional uslublardan farq qilishi, mazkur uslubning shakllanishida muhim sanalgan antropotsentrik, kognitiv va kommunikativ parametrlar undagi aniqlik, mantiqiy izchillik, obektivlik, mavhumlik kabi asosiy jihatlar inson tafakkuri bilan bog‘liq hodisa ekanligi yuzasidan olingan xulosalar Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1-G002-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 247/1-son ma’lumotnomasi). Bu tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash orqali fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va badiiy matnga oid ilmiy ishlanmalarning saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
tilshunoslikdagi onomastik birliklarning ma’lum bir qismi presendent xarakterga ega ekanligi, diniy matnlarda tilga olingan antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida olamning diniy manzarasini aks ettirishi, kognitiv dinshunoslikning tadqiqot dasturi asosida til, tafakkur, ong va madaniy birlashuv – diniy fenomenni umumiy tarzda tahlil qilishi, madaniy fenomenni keng ko‘lamda izohlashi orqali o‘zbek tilining diniy uslubi madaniy antropologiya, arxeologiya va madaniy tilshunoslik singari fanlarning o‘zaro hamkorligi asnosida taraqqiy etishiga doir ilmiy yangilik va tavsiyalar Samarqand davlat universitetining F3-202001047-raqamli “O‘zbekistonda madrasa ta’lim tizimi” mavzusidagi grant loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 10-5009-son ma’lumotnomasi). Natijada madrasa ta’limidagi ilmiy manbalar lingvistik jihatdan boyitilib, ularning tili va diniy muassasa xodimlarining nutqiy faoliyati diniy uslub talablari asosida shakllanishiga erishilgan; 
milliy til korpusida uning tarkibiy qismi bo‘lgan matnning, xususan, diniy matnlarning fonetik, leksik-grammatik va sintaktik vositalarning funksional-uslubiy va imloviy qo‘llanishidagi lingvistik tahlil va tasnif asosidagi amaliy va nazariy ma’lumotlardan olingan xulosalar 2021-2023 yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 14-iyundagi 371/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan izlanishlarning kengayishiga erishilgan;
o‘zbek tilshunosligida diniy uslubning shakllanishida ekstralingvistik omillarning qo‘llanilish chastotasi monologik, dialogik va polilogik ko‘rinishdagi og‘zaki matnlarda ustuvorlikka ega ekanligi, muayyan nutqning subektiv va kinestetik munosabati – da’vat, jest, mimika singari harakatlarga yo‘l qo‘yilmaslik bilan bog‘liq cheklovlar asosida vujudga kelishi kabi xulosalari va amaliy tavsiyalaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan “Buyuk Termiziylar” rukni ostida bir qancha ilmiy-ommabop risolalarning chop etilishida foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 24-iyuldagi № 01-07/75-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy matnlar uslubi bo‘yicha tayyorlangan risolalar ma’lumotlar bilan boyitilgan;
diniy uslubda adabiy til me’yorlariga va notiqlik san’ati talablariga amal qilinishi, diniy nutqdagi ovoz tembrining o‘ziga xos xususiyatlari hamda diniy nutqdagi prosodik vositalar diniy matnlarni sifatli o‘qilishiga va qiroat qilinishiga ta’sir ko‘rsatishi, diniy arboblarning, ulamolarning ovozidagi sokinlik, salobat, joziba, o‘ktamlilik, diqqatni jalb etish kabi sifatlar fonetik-eksperimental tadqiqotlar orqali aniqlanishi kabi ilmiy yangilik va tavsiyalardan Surxondaryo viloyati telekanalining “Til – millat ko‘zgusi”, “Dialog”, “Ma’naviyat saboqlari” ko‘rsatuvlari ssenariyalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati  televideniesining 2024-yil 6-iyundagi 01-01/37-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy auditoriyaning nutq madaniyati, diniy nutq tushunchasi, uning lingvistik asoslari, o‘zbek tilida diniy uslub haqidagi bilimlari oshirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish