Soliev Nodirjon Sodirjon o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak muhandislarning loyihalash-konstruktorlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6552.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abduazizova Veronika Vadimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti., PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Madaminov Javlonbek Zafarjonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Zafar Xaydarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak muhandislarning loyihalash-konstruktorlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda loyihaviy echimlarning samaradorligini baholash, innovatsion konstruksiyalarni yaratish va ularni raqamli muhitda integratsiyalash orqali loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni 3D modellashtirish, tizimli tahlil va sinovdan o‘tkazish, CAD/CAM/CAE tizimlari, raqamli simulyasiya va muhandislik platformalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
loyihalash faoliyatida muammoni innovatsion echimlar asosida hal etish, texnik muammolarni modellashtirish hamda texnologik jarayonlar, konstruktiv va loyihaviy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi ta’limiy texnologiya orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan, BCDP (Building Construction Design Platform) platformasi hamda uning interaktiv multimedia resurslarini integratsiyalovchi tashkiliy-bloklardan tashkil topgan mantiqiy-funksional model ishlab chiqilgan;
ta’limning “Texnologik”, “Kreativlik”, “Muhandislik” tamoyillari asosida raqamli texnologiyalardan foydalanilgan holda, loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari (“Project”, “O‘xshatishli modellashtirish”, “Muhandislar fikri integratsiyasi”, “Sxema”) kabi interaktiv ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash orqali talabalarning loyihalash-konstruktorlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarda loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun muhandislik faoliyatiga tayyorlikning reproduktiv (ba’zaviy), konstruktiv (rivojlanayotgan) va innovatsion (ilg‘or) baholash mezonlari ishlab chiqilib, ular “Integrativ kompetensiya koeffisienti” asosida yaratilgan kompleks pedagogik topshiriqlar va test sinovlari orqali amaliy sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, baholash jarayoni aniqlik, shaffoflik va obektivlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak muhandislarning loyihalash-konstruktorlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni, texnologik jarayonlar, konstruktiv va loyihaviy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, loyiha va konstruksiyalarning ishlashini baholash, modellashtirish, konstruktiv echimlarni ishlab chiqish, tizimni tahlil qilish va sinovdan o‘tkazish, CAD tizimlari, 3D modellashtirish, simulyasiya va boshqa texnologik vositalardan foydalanishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida loyihaviy faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantish tadqiqotlari markazining 2025-yil 25-fevraldagi 02-01-01-76-son ma’lumotnomasi) Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida loyiha-konstruktorlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
loyihalash faoliyatida muammoni innovatsion echimlarni ishlab chiqish, texnik muammolarni yaratish, texnologik jarayonlar, konstruktiv va loyihaviy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyasi orqali, rivojlantirishga qaratilgan BCDP (Building constuction design platform) platformasi hamda talabalar amaliyotining o‘quv-didaktik ta’minoti optimallashtirildi, malakalarni chuqurlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish va nazorat qilishga oid ishlanmalar “Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari” nomli (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-386-sonli guvohnoma) o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. Natijada mazkur o’quv-uslubiy ta’minot orqali bo‘lajak muhandis tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
ta’limning “Texnologik”, “Kreativlik”, “Muhandislik” tamoyillari asosida raqamli texnologiyalardan foydalanilgan holda, loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari (“Project”, “O‘xshatishli modellashtirish”, “Muhandislar fikri integratsiyasi”, “Sxema”) kabi interaktiv ta’lim metodlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi hamda didaktik ta’minoti takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Bino va inshootlar qurilishi uchun samarador serabetonning fizik-mexanik xossalarini tadqiq qilish” nomli respublika grant loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (Namangan davlat texnika universitetining 2025-yil 13-oktyabrdagi 01/10-09/2315-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning loyihalash-konstruktorlik kompetensiyasini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlanganlikning baholashning reproduktiv, konstruktiv va innovatsion mezonlari hamda ba’zaviy, rivojlanayotgan va ilg‘or darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan kompleks pedagogik topshiriqlar va test sinovlari ishlab chiqishga qaratilgan didaktik resurslarni yaratilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining electron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantish tadqiqotlari markazining 2025-yil 25-fevraldagi 02-01-01-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyiha-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.