Niyazov Muzaffar Abdusattarovichning
fan falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning mintaqaviy xususiyatlari”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt…….
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Komron Farmonqul o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq etish asosida uning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaning ishlab chiqarish bo‘yicha nisbiy yoki absolyut ustunligiga asoslangan holda “qoloq” hududlarini oziq-ovqat, tekstil-to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, zargarlik, mebelsozlik, qurilish materiallari, polimer-kimyo va mashinasozlik kabi mintaqaviy sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
 (LQ) mintaqaning sanoat tarmog‘ida ixtisoslashganlik darajasini aniqlovchi indeksi asosida LQ>1 (mintaqa ushbu tarmoqqa ixtisoslashgan; ushbu tarmoqda bandlik milliy o‘rtachadan yuqori), LQ=1 (mintaqada tarmoq bandligi milliy o‘rtachaga teng), LQ<1 (mintaqa bu tarmoqqa ixtisoslashmagan yoki unda nisbatan kam ahamiyatga ega) mintaqaviy ixtisoslashuv darajasi asoslangan; 
mintaqada sanoat korxonalari o‘rtasida integratsion munosabatlarni kuchaytirish asosida kichik innovatsion sanoat ishlab chiqarishi korxonalari kooperativlarini tashkil etish mexanizmi taklif etilgan; 
o‘rta muddatli istiqbolda mintaqaviy sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish samaradorligi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning mintaqaviy xususiyatlarini tahlil etish asosida uning samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaning ishlab chiqarish bo‘yicha nisbiy yoki absolyut ustunligiga asoslangan holda “qoloq” hududlarini oziq-ovqat, tekstil-to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, zargarlik, mebelsozlik, qurilish materiallari, polimer-kimyo va mashinasozlik kabi mintaqaviy sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish taklifi Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-iyundagi 06-15-09/6349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqani iqtisodiy jihatdan orqada qolgan hududlarida sanoatlashuv darajasi oshishi, ish o‘rinlari ko‘payishi, har bir hududning tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
 (LQ) mintaqaning sanoat tarmog‘ida ixtisoslashganlik darajasini aniqlovchi indeksi asosida LQ>1 (mintaqa ushbu tarmoqqa ixtisoslashgan; ushbu tarmoqda bandlik milliy o‘rtachadan yuqori), LQ=1 (mintaqada tarmoq bandligi milliy o‘rtachaga teng), LQ<1 (mintaqa bu tarmoqqa ixtisoslashmagan yoki unda nisbatan kam ahamiyatga ega) mintaqaviy ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-iyundagi 06-15-09/6349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash va kengaytirish imkoni yaratilgan, investisiya oqimi ko‘payishiga erishilgan;
mintaqada sanoat korxonalari o‘rtasida integratsion munosabatlarni kuchaytirish asosida kichik innovatsion sanoat ishlab chiqarishi korxonalari kooperativlarini tashkil etish mexanizmi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-iyundagi 06-15-09/6349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik va o‘rta korxonalarning kooperasion aloqalarini mustahkamlash, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion echimlarni keng joriy etish imkoniyati yaratilgan;
o‘rta muddatli istiqbolda mintaqaviy sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish samaradorligi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-iyundagi 06-15-09/6349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaviy sanoat ixtisoslashuvining istiqboldagi yo‘nalishlarini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish