Adilova Yulduz Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yagona ID tizimi asosida uy-joy komunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishning ekonometrik modellari” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.06-Ekononetrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4943.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Inoyatov Almaz Reyimbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda axborot, logistika, ta’lim va ilg‘or texnologiya bilan uyg‘unlashtirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda (elektr energiya, suv va gaz ta’minoti) vertikal integrasiya darajasini (Z_um (t,τ)=∑_(i=1)^s▒(S_i (t,τ))/(C_i (t,τ) )+∑_(τ=1)^12▒z_el  (t,τ)+∑_(τ=1)^12▒z_suv (t,τ)) aniqlashga oid uslubiy yondashuvlar takomillashtirilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda klasterli boshqaruv mexanizmini yaratishda (Z=∑_(r=1)^n▒〖z_r*b_r+∑_(p=1)^m▒〖z_p*b_p 〗〗) zarur algoritmik uy-joy platformasi ishlab chiqilgan; 
uy-joy kommunal xo‘jaliklarini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish miqdori, viloyat kommunal xo‘jaligi kapitaliga kiritilgan investisiya  xajmiga 0,33 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlar ko‘rsatish xajmiga  0,20 %,  viloyat aholisining umumiy daromadiga 0,89 % elastik ekanligi ekonometrik modellar yordamida asoslangan;
Qarshi tumanida uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish va kommunal xo‘jalik kapitaliga kiritilgan investisiya hajmi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion taraqqiyot sharoitida tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda (elektr energiya, suv va gaz ta’minoti) vertikal integrasiya darajasini (Z_um (t,τ)=∑_(i=1)^s▒(S_i (t,τ))/(C_i (t,τ) )+∑_(τ=1)^12▒z_el  (t,τ)+∑_(τ=1)^12▒z_suv (t,τ)) aniqlashga oid uslubiy yondashuvlar takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 18-apreldagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  07-07/3340-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 18-apreldagi 07-07/3340-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot, logistika va ta’lim sohalarini ilg‘or texnologiya bilan uyg‘unlashtirishning iqtisodiy asoslarini tizimli tushuntirish orqali uy-joy kommunal xo‘jaliklari amaliyotiga qo‘llash va aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
    uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda klasterli boshqaruv mexanizmini yaratishda (Z=∑_(r=1)^n▒〖z_r*b_r+∑_(p=1)^m▒〖z_p*b_p 〗〗) zarur  algoritmik  uy-joy platformasi ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 18-apreldagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  07-07/3340-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 18-apreldagi 07-07/3340-son ma’lumotnomasi). Natijada klasterning yadro tizimi takomillashtirilishi va klaster tushunchalarining mazmunini kengroq izohlash orqali uy-joy kommunal xo‘jaliklarini samarali boshqarish imkoni yaratilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaliklarini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish miqdori, viloyat kommunal xo‘jaligi kapitaliga kiritilgan investisiya  xajmiga 0,33 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlar ko‘rsatish xajmiga  0,20 foiz,  viloyat aholisining umumiy daromadiga 0,89 foiz elastik ekanligi taklifi Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 18-apreldagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  07-07/3340-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 18-apreldagi 07-07/3340-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish natijasida uy-joy kommunal xo‘jaliklarning xizmatlar sifat darajasini aniqlash hamda sohani innovatsion rivojlantirish uchun aniq qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
Qarshi tumanida uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish va kommunal xo‘jalik kapitaliga kiritilgan investisiya hajmi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 18-apreldagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  07-07/3340-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 18-apreldagi 07-07/3340-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xo‘jaliklarini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish