Suvonova Lola Suyunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh pechida diatomitdan kremniy karbid olish texnologiyasi”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4468. 
Ilmiy rahbar: Payzullaxonov Muxammade-Sultanxan   Saidvalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Batir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor;  Ahadov Jobir Zamirovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh pechining optik-energetik parametrlarini aniqlash va diotomid mineralidan kremniy karbidini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geliostatning fokus masofasi, apertura burchagi, oynaning nur qaytarish koeffisienti, quyoshning og‘ish burchagi, quyosh radiatsiyasi, atrof-muhit haroratlari o‘zgarishiga bog‘liq holda Katta quyosh pechining optik-geometrik va optik-energetik ko‘rsatgichlarini aniqlash imkonini beradigan imitatsion model Matlab/Simulik tizimida ishlab chiqilgan;
200-300 W/sm2 mujassamlashgan quyosh nurlari oqimida diatomit minerali va koks aralashmasi asosidagi SiO2 + 2C = SiC + CO2 reaksiya bo‘yicha kremniy karbidi materialini sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
kremniy karbidining kubik panjara doimiysi a = 4.36 Å bo‘lgan -SiC modifikatsiyasini olish uchun  200 W/sm2 va geksagonal panjara parametrlari a = 3.07, c = 15.11 Å bo‘lgan -SiC modifikatsiyasini olish uchun esa  300 W/sm2 bo‘lgan mujassamlashgan quyosh energiyasi talab qilinishi aniqlangan; 
kremniy karbidi materialining issiqlik-fizik xossalarini quyosh nurlanish oqimining zichligiga va uning ta’sir qilish muddatiga bog‘liqligi hamda ilk bor quyosh pechida sintez qilingan kremniy karbidining olovbardoshliligi 1650 °C ni tashkil etishi, materialni 1550 °C da 200-250 soat davomida qizdirilgandan keyin olovbardoshliligi 1580 °C gacha pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diatomit minerali va koks aralashmasini Katta quyosh pechida qayta ishlash yo‘li bilan kremniy karbidi materialini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diatomit minerali va koks aralashmasini quyosh nurlari mujassamlashgan quyosh pechlarida sintez qilish orqali kremniy karbidini ishlab chiqish texnologiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutining “Materiallar qayta ishlash va sintez qilish” laboratoriyasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 5 iyundagi 04-14-3198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Katta quyosh pechi fokusida bir kun davomida 14-15 kg gacha kremniy karbidini sintez qilish imkoni yaratilgan.
mujassamlashgan quyosh nurlari oqimida 200-300 W/sm2 diatomit minerali va koks aralashmasi asosidagi SiO2 + 2C = SiC + CO2 reaksiya bo‘yicha kremniy karbidi materialini sintez qilish texnologiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutining “Materiallar qayta ishlash va sintez qilish” laboratoriyasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 5 iyundagi  04-14-3198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumga nisbatan Katta quyosh pechida mavsumda 3000 kg kremniy karbidini sintez qilish orqali 1500 kWh elektr energiyasini tejashga va 27 mln. so‘m iqtisod qilishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish