Xolboeva Aziza Ixtiyarovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oltingugurt va rux elementlari asosidagi organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklarni olish va ularni ishlab chiqish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T983.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliigining ixtiroga patenti: “Yog‘och uchun antipiren-antiseptik olish usuli” (IAP 07301), “Yog‘ochni himoyalovchi antipiren-antiseptik olish usuli” (IAP 7621), “Antipiren-antiseptik olish usuli” (IAP 7896)
II. Tadqiqotning maqsadi tarkibida oltingugurt va rux bo‘lgan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
ilk bor natriy tetrasulfid, rux oksidi, ammofos, urotropin asosida yog‘och uchun antipiren-antiseptik olish usuli hamda yog‘ochni himoyalovchi antipiren-antiseptiklar olingan (IAP 07301) va ularni sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor ortofosfat kislota, tiomochevina, borat kislota, rux oksid, katalizator (mis tereftalat) va akril sopolimerlari asosida yog‘ochni himoyalovchi antipiren-antiseptik olish usullariga ixtiro patentlari (IAP 7621 va IAP 7896) olingan va sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
antipiren-antiseptiklar bilan yog‘och materiallarini 40-50oC haroratlarda modifikatsiyalashning maqbul nisbatlari hamda yong‘inga barqarorligi massa yo‘qotilishi 4,6-5,2% ga yong‘indan himoya guruhi – I ga yaxshilanganligi isbotlangan;
yangi tarkibli PS-3 markali antipiren-antiseptiklar bilan modifikatsiyalangan yog‘och materillari ksilofag termitlarga qarshi yuqori toksik ta’sirga ega bo‘lib, samaradorlik ko‘rsatkichlari 25 kun ichida 93% gacha biologik barqarorligi yaxshilanganligi aniqlangan;
tarkibida rux bo‘lgan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar bilan polipropilenni modifikatsiyalash natijasida yong‘inga chidamli va biologik barqaror organik materiallar olingan;
tarkibida oltingugurt va rux bo‘lgan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida oltingugurt va rux bo‘lgan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar sintezi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar natriy tetrasulfid, rux oksidi, ammofos va urotropin asosida tarkibida oltingugurt va rux metali bo‘lgan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar olish texnologiyasi “MARK FORMELLE.IT” MChJ O‘zbekiston Belorussiya qo‘shma korxonasida yog‘och materiallar uchun antipiren-antiseptiklar olishda amaliyotga joriy etilgan (“MARK FORMELLE.IT” MChJ O‘zbekiston Belorussiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 6 oktyabrdagi 18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida yog‘och qurilish materiallari uchun arzon va samarali antipiren-antiseptiklar olish imkonini bergan;
ortofosfat kislota, tiomochevina, borat kislota, rux oksid asosida olingan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar “MARK FORMELLE.IT” MChJ O‘zbekiston Belorussiya qo‘shma korxonasida yog‘och materiallarning yong‘inga va termitlarga qarshi barqarorligini oshirish uchun amaliyotga joriy etilgan (“MARK FORMELLE.IT” MChJ O‘zbekiston Belorussiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 6 oktyabrdagi 18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar bilan modifikatsiyalangan yog‘och materiallarning biologik samaradorligini oshirish va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
sintez qilingan organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklar “Aziya KSP-Sifat” MChJ, “Mark Formelle.It” MChJ, KOJ “Termiz O‘IChK” MChJ, “Health Line” MChJ va “Oltinsoy bazalt quvur” MChJ korxonalarida yog‘och hamda polimer materiallarga ishlov berish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 02/15-3483-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘inbardoshligi bo‘yicha I guruhga kiruvchi va biologik barqarorligi 93% bo‘lgan yog‘och hamda polimer qurilish materiallar olish imkonini bergan.