Ismoilova Malika Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmlari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/ Ped6092
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01 
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Rasmiy opponentlar: Boymurodova Gulnoza Toshtemirovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmining metodik jihatlarini ta’lim jarayonlariga bοsqichma-bosqich olib kirishning pedagogik-tashkiliy, ta’lim-tarbiyaviy jihatlari xavfsiz muhitni yaratish, o‘zaro muloqot, hamkorlik, o‘qituvchi boshqaruvida nizolarni restorativ yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirishda, shaxsning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, metodologik asoslari hamda kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, tolerantlik, empatiya, nizolarga barqaror munosabatda bo‘lish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish modelining tashkiliy, metodologik, amaliy komponentlari o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining intensiv vaziyatdagi harakatini baholash, konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik komponentlar asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmi reproduktiv, produktiv va aksial mezonlarning yuqori, o‘rta hamda past darajalariga mosligi, shuningdek, mediata’lim vositalari (videorolik, multfilm, mobil ilova) imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali o‘quvchilarning konfliktli holatlarga tolerant munosabatini rag‘batlantirish natijasida samaradorlik ta’minlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’limda nizolarni bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmining metodik jihatlarini ta’lim jarayonlariga bοsqichma-bosqich olib kirishning pedagogik-tashkiliy, ta’lim-tarbiyaviy jihatlari xavfsiz muhitni yaratish, o‘zaro muloqot, hamkorlik, o‘qituvchi boshqaruvida nizolarni restorativ yondashuv asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan(Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi № 485-sonli buyrug‘i asosida berilgan 277360-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etishning tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirishda, shaxsning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, metodologik asoslari hamda kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, tolerantlik, empatiya, nizolarga barqaror munosabatda bo‘lish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan(Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi № 485-sonli buyrug‘i asosida berilgan 277360-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmining takomillashgan modeli ishlab chiqilgan; 
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish modelining tashkiliy, metodologik, amaliy komponentlari o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining intensiv vaziyatdagi harakatini baholash, konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik komponentlar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Pedagogika sohasi Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 18-fevraldagi № 11-05-1059/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etish mexanizmi reproduktiv, produktiv va aksial mezonlarning yuqori, o‘rta hamda past darajalariga mosligi, shuningdek, mediata’lim vositalari (videorolik, multfilm, mobil ilova) imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali o‘quvchilarning konfliktli holatlarga tolerant munosabatini rag‘batlantirish natijasida samaradorlik ta’minlashga oid taklif va tavsiyalar“Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi № 485-sonli buyrug‘i asosida berilgan 277360-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilararo nizolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon samaradorligi aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish