Turg‘untoshev Muxlisbek Ilhomjon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9874
Ilmiy rahbar: Abdullaev Abdukayum Abdulxaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish mexanizmlariga oid ilmiy-taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy xarakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak tarbiyachilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari talabalar faolligiga moslangan xarakatli musobaqalar dasturiy ta’minotiga chidamlilik, chaqqonlik, epchillik ko‘nikmalarini sog‘lomlashtiruvchi variativ o‘yinlar (kim chaqqon, dorboz, qopqon) to‘plamiga xarakat ketma-ketligini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish modeli o‘quv muxitida samaradorlikni ta’minlovchi texnologik bosqichlari (tayyorlov, amalga oshirish, nazorat va tahlil) ga milliy o‘yinlarning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlarini faol rivojlanish omillari bilan adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan
talabalarning jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ta’lim oluvchilarning individual kasbiy traektoriyasiga milliy xarakatlar bilan tarbiyalashga oid maxsus assisment va interfaol mashqlar to‘plamini komplekslashgan kurs bo‘limlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik ko‘rsatkichlari umumiy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi yuklamalarni qo‘llash metodikasiga milliy xarakatli o‘yinlar orqali talabalarning individual imkoniyatlarni aniqlash me’zonlarini sport turiga xos moslashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalariga “Bolalar jismoniy tarbiyasi” fanini o‘qitishda milliy harakatli o‘yinlar texnologiyalarini takomillashtirish: nazariy-amaliy tadqiqot natijalari asosida:
milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak tarbiyachilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun o‘quv dars mashg‘ulotlari va darsdan tashqari vaqtlarda qo‘llaniladigan vositalarini tizimli tartibda o‘yin usulda ketma ketligida bajarish hisobiga, mazmunli va jarayonli jismoniy rivojlantirishga oid komponentlarning strukturaviy tarkibini uyg‘unlashtirish asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiligidan 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i, 563115 - raqamli guvohnoma asosida). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlari va faolligi asosida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishi hamda ma’naviy dunyosining salbiy ta’sirlardan himoyalanishiga erishildi.
milliy harakatli o‘yinlar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning funksional modeli pedagogik faoliyatning kognitiv, aksiologik va refleksiv komponentlari taksonomiyasini mavjud oliy ta’lim sharoitiga implementatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Yangi kuch”ni yaratish mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti”ning 2025 - yil 5-avgustdagi 10/507-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning jismoniy sifatlari va faolligi asnosida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishi hamda ma’naviy dunyosini ehtimoliy buzilishi oldi olinishiga xizmat qilgan.
milliy harakatli o‘yinlar vositasida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari aniqlangan. Bu mexanizmlar talabalarning individual kasbiy traektoriyalari va jismoniy tarbiya bo‘yicha maxsus kurs metodikasini hisobga olgan holda takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda asos bo‘lib xizmat qildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i, 563115 - raqamli guvohnoma asosida). Natijada, “Maktabgacha ta’limda bolalar jismoniy tarbiyasi” fani mazmuni zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilib, o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik asoslar bilan mustahkamlandi;
milliy harakatli o‘yinlarni bo‘lajak tarbiyachilarning kundalik hayotiga kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan empirik tajriba-sinov ishlarining samaradorligi statistik tahlil orqali jismoniy faolligi takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan Mazkur pedagogik-metodologik tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan №Al-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihaning bo‘lajak pedagoglarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga doir komponentlarini ishlab chiqishda tatbiq etildi (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 04-iyuldagi 298-sonli rasmiy ma’lumotnomasiga asosan). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan bo‘lajak tarbiyachilarning milliy harakatli o‘yinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga va ularning kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.