Kamoliddinova Maftuna Xusniddin  qizi
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
“Modulli o‘qitish tizimi asosida talabalarning nutqiy qobilyatini baholash va rivojlantirish texnologiyalari”  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10074
Ilmiy rahbar: Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloldinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sanaqulov Zayniddin Ibodullaevich, pedagogika fanlari doktori professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modulli o‘qitish tizimi asosida talabalarning nutqiy qobilyatini baholash va rivojlantirish texnologiyalariga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modulli o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning mazmuni muloqot jarayonida axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatishga mo‘ljallangan o‘zini o‘zi baholash va rivojlantirish kabi refleksiv bilim va ko‘nikmalarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning pedagogik modeli axborot almashinuvida ta’lim jarayoni subektlarining intellektual darajasi, bilim, ko‘nikma hamda axborotlarni o‘zlashtirish, xulosa chiqarish bilan tugallanadigan ichki munosabatlarni belgilovchi aloqadorlik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
modulli o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirilgan va tajribada sinalgan pedagogik innovatsiyalarning yangi sharoitlarga moslashtirilgan tarzda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
modulli o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatida ma’lumot olish orqali axborotlardan xabardor bo‘lish, ulardan foydalanish, muhim va zarur axborotlarni taqqoslay olishga asoslangan metodik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanni modulli o‘qitish orqali talabalarni nutqiy qobiliyatini baholash va  rivojlantirishning nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
modulli o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning mazmuni muloqot jarayonida axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishga mo‘ljallangan o‘zini o‘zi baholash va rivojlantirish kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlarni  takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan ”Yoshlarni umuminsoniy , milliy va tarixiy qadriyatlar  uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari”   mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan.  (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston fillialining 2025-yil 4-iyundagi 297-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, modulli o‘qitish jarayonida  talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning  samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning pedagogik modeli axborot almashinuvida ta’lim jarayoni subektlarining intellektual darajasi, bilim, ko‘nikma hamda axborotlarni o‘zlashtirish, xulosa chiqarish bilan tugallanadigan ichki munosabatlarni belgilovchi aloqadorlik jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiligidan  60110200-Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari  uchun “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma   ishlab  chiqishda foydalanilgan ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2025- yil 9-iyuldagi 258-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning  nutqiy qobilyatini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mazkur jarayon modulli  o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ilgari o‘zlashtirilgan va qo‘llanilgan pedagogik innovatsiyalarning yangi shart-sharoitlarga moslashgan holda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiligidan   60110200-Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari  uchun “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli darslik  ishlab chiqishda foydalanilgan ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 29-sentyabrdagi 438-son ma’lumotnomasi). Natijada,  modulli  o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ilgari o‘zlashtirilgan va qo‘llanilgan pedagogik innovatsiyalarning yangi shart-sharoitlarga moslashgan holda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan; 
modulli o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy qobilyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatida ma’lumot olish orqali axborotlardan xabardor bo‘lish, ulardan foydalanish, muhim va zarur axborotlarni taqqoslashga asoslangan metodik jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiligidan ”Yoshlarni umuminsoniy , milliy va tarixiy qadriyatlar  uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari”   mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan.  (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston fillialining 2025-yil 4-iyundagi 297-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, modulli  o‘qitish jarayonida talabalarning  nutqiy qobilyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish