Murodov Kamol Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport vositasi harakati mexanik energiyasini  elektr energiyasiga aylantirish qurilmasini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4907.
Ilmiy rahbar: Toirov Zuvur, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti (oldingi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.09.2024.T.101.05 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdukarimov Bekzod Abobakirovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Transport vositasi harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradigan qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba elektro-mexanika qonunlariga asoslangan sterjenning ilgarilanma-qaytma harakati po‘lat arqon bilan ulangan lentasimon prujinali disk orqali generatorni rotorini harakatga keltiruvchi, transport harakatidan hosil bo‘luvchi mexanik siqilish energiyasidan elektr energiy ishlab chiqilgan (№ FAP 01841);
transport vositasi harakati va quyosh panellari orqali energiya ishlab chiqarish qurilmasining samaradorligini oshirish maqsadida, sun’iy notekislik qopqog‘ini bosib o‘tuvchi transport vositasi massasi va o‘tish intensivligining ishlab chiqarilgan elektr energiyaga ta’siri natural eksperimentlar asosida aniqlangan;
transport vositasi harakati davomida hosil bo‘ladigan mexanik energiyani elektr energiya ishlab chiqarish jarayoniga samarali uzatishni ta’minlovchi qurilma qopqog‘ini gorizontal holatdan qiya tekislikka o‘tkazuvchi prujinaning optimal bikirlik parametri ilmiy asoslangan holda aniqlangan;
disk orqali generatorni harakatga keltiruvchi lentasimon prujinaning burama bikirlik parametrining optimal qiymatlari nazariy mexanik qonunlar asosida ilmiy jihatdan aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro viloyatining transport vositasi yo‘llaridagi sun’iy notekisliklarda o‘rnatilgan transport vositasi harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradigan qurilmasini ishlab chiqish hamda parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
transport vositasi harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradigan qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№ FAP 01841). Natijada 10 dona qurilma orqali o‘rtacha  12,77 mln. so‘m mablag‘ni bir yil davomida iqtisod qilishga erishilgan. 
 transport vositasi harakati  mexanik energiyasini  elektr energiyasiga aylantirish qurilmasi Buxoro viloyati “BUXGRODIENT” MChJ va “TOZA SUV-SALOMATLIK KALITI” MChJ korxonalari  xududidagi transport vositalari ko‘p qatnov qismida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 28.10.2024-yilgi №  04-18-8755-sonli va  Transport vazirligining 14.01.2025-yilgi №4/419-sonli ma’lumotnomalari). Natijada sun’iy notekislik qopqog‘i ustidan o‘tadigan transport vositalarining vaqt birligi ichidagi soni, massasi (intensivligi va zichligi) o‘zgarishiga bog‘liq ravishda qurilma tizimining ishlab chiqaradigan foydali energiyasining o‘rtacha miqdori bir yilda 1 dona qurilma uchun 1277 kW· ga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish