Qurbanov Mingniqul Jumagulovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezi, olish texnologiyasi va qo‘llanilish sohalari», 02.00.14 ‒ Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T959. 
Ilmiy maslahatchi: Kodirov Abduaxad Abduraximovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xaydarov Axtam Amonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezini amalga oshirish, ularni olishning texnologik tamoyillarini ishlab chiqish va qo‘llanilish sohalarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar atsetilhosilalari karbonil  guruhiga nisbatan α-uglerod atomi vodorod atomlarining alifatik (aromatik) aldegidlar va sirka etil efiri bilan kondensatsiyalanish reaksiyalari amalga oshirilgan va sintez jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar atsetilhosilalari aromatik halqasining elektrofil reagentlarga nisbatan reaksion faolligi nitrolash reaksiyasi asosida o‘rganilgan va reaksiya mahsuloti sifatida tegishli nitrobirikmalar hosil bo‘lishi asoslangan;
bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar atsetilhosilalari karbonil guruhining magniyorganik birikmalar bilan ta’sir reaksiyasi amalga oshirilgan va reaksiya natijasida tegishli uchlamchi spirtlarini olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
atsetonsiangidrinning alifatik diaminlar bilan nukleofil o‘rin almashinish reaksiyalari va reaksiya mahsuloti sifatida aminonitrilli organik birikmalar hosil bo‘lishi zamonaviy fizik- tadqiqot usullari yordamida isbotlangan; 
bitsiklik oltingugurtli va alifatik aminonitrilli birikmalarning metallar korroziyasiga qarshi ingibitorlik xossaslari laboratoriya va sanoat sharoitlarida amalga oshirilgan va turli agressiv muhitlarda metallarni korroziyadan himoyalashdagi samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan;
bitsiklik oltingugurtli va alifatik aminonitrilli organik birikmalarni olishning texnologik tamoyillari, moddiy va issiqlik balanslari va iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan; 
neftning mazut fraksiyasi tarkibidan ajratib olingan bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar konsentratining xossalari burg‘ulash eritmalarida, mahsuldorligi past bo‘lgan neft quduqlarini boyitishda va sirt-foal modda sifatida tadqiq qilingan va ilmiy jihatdan asoslangan;
olingan yangi birikmalarning sirt-faol modda, burg‘ulash eritmalari, neft quduqlarini boyitishda va metallar korroziyasiga qarshi samaradorligini aniqlashda “molekulaning tuzilishi-reaksion markazlar-reaksion qobiliyat-ingibitorlik faollik” ketma-ketligida o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezi, olish texnologiyasi va qo‘llanilish sohalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aminonitrilli va bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar asosida AIT-1, AIT-2, AIT-3, AIT-4, MAD-20, 3-butil-1-tiaindan va 5-atsetil-2-metil-1-tiaindansulfoksidlar kabi samarali ingibitorlar olish usuli Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 17 oktyabrdagi  OP02/AN-3983-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gaz quvurlarining ishlash muddatini uzaytirish imkonini beradi; 
aminonitril va bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar asosida olingan korroziya ingibitorlari Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil                       17 oktyabrdagi  OP02/AN-3983-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan moddalarni metallar korroziya ingibitorlari sifatida qo‘llanganda neft va gaz sanoatining metallokonstruksion uskunalari va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 10-14% ga oshish imkonnii beradi;  
3-butil-1-tianidan va 5-atstil-2-metil-1-tianidansulfoksid kabi organik birikmalar metall konstruksiya va qurilmalarda korroziyaga qarshi ingibitorlari Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 17 oktyabrdagi  OP02/AN-3983-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu moddalar metallar korroziyasini keltirib chiqaruvchi kislotali muhit, mikroorganizmlar va tuz to‘planishiga qarshi qo‘llanganda, yiliga 60 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish