Raxmatova Natella Il`tefat gizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda chang-qum bo‘ronlarining sodir bo‘lishini va hudud va vaqt bo‘yicha taqsimotini baholashga kompleks yondashuv», 11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya. (geografiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Gr356. 
Ilmiy rahbar: Nishonov Bahriddin Erkinovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Hamraqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori, professor; Gafurov Zafar Asrarjonovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida chang-qum bo‘ronlarining yuzaga kelishi va ularning vaqt va hudud bo‘yicha tarqalishini baholash uchun erusti, sun’iy yo‘ldosh orqali masofadan zondlash, reanaliz ma’lumotlari va matematik modellashtirish usullarini qo‘llagan holda kompleks yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TROPOMI sun’iy yo‘ldosh, CAMS va MERRA2 reanaliz, erusti kuzatuvlari ma’lumotlari asosida O‘zbekiston hududida chang-qum bo‘ronlarining yuzaga kelishi va ularning hudud va vaqt bo‘yicha  taqsimotini baholashga kompleks yondashuv ishlab chiqilgan;
kompleks yondashuv ma’lumotlarini integratsiyalash orqali chang-qum bo‘ronlarini avtomatik aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston hududida 2010–2023 yillar davrida chang-qum bo‘ronlarining hudud va vaqt bo‘yicha taqsimotini tahlili asosida ularning mavsumiy va yil ichida o‘zgarish xususiyatlari aniqlangan;
O‘zbekistonda chang-qum bo‘ronlariga eng ko‘p uchraydigan hududlar ishlab chiqilgan yondashuv asosida aniqlangan va kartalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududida chang-qum bo‘ronlarining yuzaga kelish hamda hudud va vaqt bo‘yicha taqsimotini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks yondashuv natijalari asosida: 
sun’iy yo‘ldosh, reanaliz va erusti kuzatuv ma’lumotlarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan chang-qum bo‘ronlarini avtomatik aniqlash usuli Gidrometeorologiya xizmati agentligida chang-qum bo‘ronlari holatlarini baholash va hujjatlashtirishda, jumladan, ularning tarqalish yo‘nalishlari va mamlakat hududiga ta’sir darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 27 iyundagi                    01-15/961-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatning er usti kuzatuvlari tarmog‘i cheklangan hududlarida chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan;
O‘zbekiston hududida chang-qum bo‘ronlarining tarqalishida kuzatilgan hududiy-vaqt xususiyatlari, jumladan, har bir hudud bo‘yicha ularning takrorlanish chastotasi, davomiyligi, mavsumiy dinamikasi va shamol parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Gidrometeorologiya xizmati agentligida mavjud chang-qum bo‘ronlari monitoringi tizimining samaradorligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 27 iyundagi  01-15/961-son ma’lumotnomasi). Natijada, chang-qum bo‘ronlari monitoringi tizimini takomillashtirish va ular operativ prognozlarining aniqligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
O‘zbekistonda chang-qum bo‘ronlari eng ko‘p sodir bo‘luvchi hududlarni sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va reanaliz natijalari asosida aniqlash bo‘yicha olingan natijalar Gidrometeorologiya xizmati agentligida chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhit va o‘simlik qoplamiga ta’sirini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 27 iyundagi  01-15/961-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda chang-qum bo‘ronlariga moslashuv strategiyalarini, ularga zaiflikni va chang-qum bo‘ronlari manba hududlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston hududida chang-qum bo‘ronlarining yuzaga kelishini va ularning hudud va vaqt bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini baholashga qaratilgan kompleks yondashuv Gidrometeorologiya xizmati agentligida “Xavfli tabiiy hodisalar kadastri”dagi “Chang-qum bo‘ronlari” bo‘limi uchun metodik ta’minot sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025 yil 27 iyundagi   01-15/961-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Chang-qum bo‘ronlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar” nomli yangi bo‘limni shakllantirish orqali xavfli tabiiy hodisalar kadastrini takomillashtirish hamda xavflarni monitoringi va baholash samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish