Tashmatova Madina Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Enformin” va “Sitmet” tabletkalarining texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far117.
Ilmiy rahbar: Ilxamova Nargiza Baxtiyarovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antidiabetik tasirga ega monofaol tabletka texnologiyasini takomillashtirish hamda kombinirlangan tabletka dori shaklini yaratish va farmakotexnologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor antidiabetik  ta’sirga ega, tarkibida metformin gidroxlorid, sitagliptin fosfat monogidrat va  gliklazid saqlagan tabletkalarning  ilmiy asoslangan   tarkibi hamda muayyan texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
metformin  gidroxlorid saqlagan kombinirlangan tabletka dori shaklidagi preparatning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tekshirilib, me’yorlari aniqlangan; 
antidiabetik ta’sirga ega tabletkalar texnologiyasini mahalliylashtirish maqsadida yordamchi moddalar soni va miqdori kamaytirilgan, bunda sifat ko‘rsatkichlari talab darajasida qolgani isbotlangan; 
ilk bor «Enformin» va «Sitmet» tabletkalarinining biosamaradorligi in vitro usuli yordamida baholash uchun «Eruvchanlik» testi  sharoitlari aniqlangan;
«Enformin» va «Sitmet» tabletkalarinining o‘ziga xos faolligi va bezararligi tajribalarda isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qandli diabet kasalligiga qarshi tabletkalar texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Enformin»  tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42Uz-15745533-5162-2022) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma  №DV/M 02738/08/22). Mazkur korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi antidiabetik ta’sirga ega dori preparatni mahalliy farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlari natijasida «Enformin» va  «Sitmet» tabletkalarining spesifik faolligi va o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli antidiabetik ta’sirga ega zararsiz dori preparatlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Enformin» tabletkasi uchun tajriba sanoat reglamenti «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 2183442-06-24). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida antidiabetik dori preparati uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish