Shodieva Fotima Ochilovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ko‘kqarg‘asimonlar (Coraciiformes) turkumining bioekologik xususiyatlari, ahamiyati va muhofazalanishi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/V251. 
Ilmiy maslahatchi: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Islomjon Ilhomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ko‘kqarg‘asimonlar (Coraciiformes) turkumiga mansub turlarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash, ahamiyatini va muhofazalanishini ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda Coraciiformes turkumiga mansub turlarning uchrash xususiyati va tarqalishining hozirgi holati aniqlangan hamda ularni boshqaruvchi ekologik omillar asoslangan;
Coraciiformes turkumiga mansub turlarning turli yashash muhitlaridagi soni va sonining mavsumiy dinamikasi aniqlangan hamda ekologik tahlillar asosida ochib berilgan;
O‘zbekiston sharoitida turlarning uyalash stasiyalari, uya tuzilishi, tuxum o‘lchamlari, ko‘payish samaradorligi va reproduktiv siklinining boshqa bosqichlarini o‘rganish asosida ularning ko‘payish ekologiyasi ochib berilgan;
Coraciiformes turkumiga mansub turlarning oziqa tarkibi va ozuqa spektrining mavsumiy dinamikasi aniqlangan; 
Coraciiformes turkumiga mansub turlarning uya qurish stasiyalari bilan uzviy bog‘liqligi, koloniya holida uya qurishi, giperfagiya va lipogenez hodisalari va biosenotik aloqalardagi ishtiroki kabi muhim ekologik xususiyatlari ochib berilgan;
oshqozonlar og‘irligi, oshqozon va  ichki a’zolardagi yog‘ qatlamini qiyosiy o‘rganish asosida,  qushlarda kechadigan giperfagiya va lipogenez hodisalari  va uning sabablari aniqlangan;
O‘zbekiston sharoitida ko‘kqarg‘asimonlarning tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyati biosenotik aloqalar, bioturbasiya, asalarichilik va baliqchilik xo‘jaliklari asosida ochib berilgan hamda baholangan;
Merops avlodiga mansub  turlarning xatti-harakatini boshqarish va biozararlanishdagi ishtirokini kamaytirishga mo‘ljallangan biokustik repellent ishlab chiqilgan, sinovdan o‘tkazilgan va undan asalarichilik xo‘jaliklarida foydalanishning samaradorligi isbotlangan; 
O‘zbekistonda ko‘kqarg‘asimonlarning muhofazalanishini o‘rganish asosida bu yoʻnalishdagi muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ko‘kqarg‘asimonlar (Coraciiformes) turkumining bioekologik xususiyatlari, ahamiyati va muhofazalanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Coraciiformes turkumi Merops avlodi turlarining xatti-harakatini boshqarish va ularni muhofaza qilish  bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyanoma Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 maydagi 03-03/1-03/3-4719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda (Coraciiformes) turkumi turlarining tabiiy va madaniy landshaftlarda tarqalgan turlarining biologik xilma -xilligini monitoring qilish, turlarning hozirgi holatini baholash hamda Merops avlodiga mansub turlarning sonini nazorat qilish va ularni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘zbekiston ornitofaunasi, jumladan (Coraciiformes) turkumining bioekologik xususiyatlari, ahamiyati va muhofazalanishiga oid ilmiy natijalar asosida yaratilgan “Ornitologiya” nomli darslik oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritilgan bo‘lib, mazkur darslik 60510100-Biologiya ta'lim yoʻnalishi va 70510101-Biologiya (fan yoʻnalishi bo‘yicha) mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 28 apreldagi 02/01-01-150 sonli ma'lumotnomasi). Natijada, respublikamizda (Coraciiformes) turkumi turlarining biologiyasi, ekologiyasi, ahamiyati va muhofazalanishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar fan mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish imkonini bergan;
ko‘kqarg‘asimonlar (Coraciiformes) turkumi Merops avlodining xatti harakatini boshqarish  orqali ularning asalarichilik xo‘jaliklariga etkazadigan zararini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 24 iyundagi 02/23-1848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Merops avlodining hatti-harakatlarini boshqarish orqali ularning asalarichilik xo‘jaliklariga etkazadigan zararli ta’sirini kamaytirish va ularni muhofaza qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish