Allayorov Norbek Baxodir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Koagulyasion va sorbsion kompozit materiallar olish va ular asosida sanoat oqova suvlarini tozalash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 ‒ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4376.
Ilmiy rahbar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbaniyazov Rashid Qalbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida koagulyasion va sorbsion xususiyatlarga ega moddalar asosida oqova suvlarni tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sorbentlarning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilib, optimal sharoitlar aniqlangan;
tabiiy minerallar bentonit hamda kaolin asosida kompozision sorbentlar olishning eng maqbul sharoiti boshlang‘ich moddalarning tarkibiy nisbatlari 1,0:0,2 (Bentonit:Metall oksid), harorat 800oC hamda 60 daqiqa ekanligi aniqlangan;
temir (II) sulfat, temir (III) xlorid hamda ishqor eritmalarining tegishli ravishda 1:2 hamda 2:5 nisbati asosidagi yangi kompozitni poliakrilamidning 0,5% li eritmalari orqali birgalikda qo‘llash orqali oqova suv tarkibidagi og‘ir metallar hamda sulfat, xlorid, sianid ionlari miqdorini 50% ga kamaytirishi aniqlangan;
olingan sorbentlarni va koagulyant kompozitlarni birgalikda qo‘llash jarayonida sinergizm xususiyatlari aniqlagan hamda jarayonda oqova suv tarkibidagi og‘ir metallar(Fe, Ni, Pb) 65% gacha tozalash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan koagulyant va sorbsion materiallarning gidrometallurgiya zavodlarining oqova suvlari tarkibidagi kation va anionlarni samarali cho‘ktirish va sorbsiya qilish xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar bentonit va metall oksidlari (Al2O3, CuO, BaO) asosida sanoat oqava suvlarini tozalashning prinsipial texnologiyasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koagulyasion va sorbsion kompozit materiallar olish hamda ular asosida sanoat oqova suvlarini tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bentonit asosida olingan sorbentlar yordamida sanoat oqova suvlarini  tozalash usuli “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 5-apreldagi 23/01-01-07/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suv tarkibidagi kation va anionlardan tozalashda ularning miqdorini 65% ga kamaytirish imkonini bergan;
sanoat oqova suvlarini tozalashda temir (III) xlorid (FeCl3), natriy ishqori (NaOH), poliakrilamid (PAA) hamda ohak suvi (Ca(OH)2) bilan oltingugurtlardan (S8) tayyorlangan suspenziya orqali tozalash usuli “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 5-apreldagi 23/01-01-07/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suv tarkibidai anionlar miqdorini 4 martagacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish