Yorov Kamoliddin Begalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy soya moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini yangicha usullarda takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4608.
Ilmiy rahbar: Ismatov Sunnatullo Shamsullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rafiq Amonovich, texnika fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitlarda etishtirilgan soya urug‘laridan olingan moylarni rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy soya urug‘i moyini ishqoriy rafinatsiyalashning bosqichli qo‘shma texnologiyasida 1,6 A/m kuchlanganlikdagi elektromagnit maydon ta’siridan foydalanib fosfolipidlarning maksimal chiqishi 0,27 % dan 0,15% ga va kislota soni 1,96 dan 1,91 mg.KOH/g gacha o‘zgarishi isbotlangan;
mahalliy soya moyini tozalash jarayonida yangi reagent sifatida natriy karbonatini qo‘llash natajasida og‘ir tuzlar miqdori 0,03% gacha pasayishi ilmiy asoslangan;
xomashyoni ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasida soya moyining sifatini oshirish va ko‘rsatkichlarini yaxshilashga elektromagnit maydonining ijobiy ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan;
soya moyini ishqoriy rafinatsiyalashda yangi reagent ta’sirida va elektromagnit maydonini qo‘llash bilan takomillashtirilgan texnologiya yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy soya moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini yangicha usullarda takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
soya moyini ishqoriy rafinatsiyalashning qo‘shma texnologiyasi “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining KS/3-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy soya moyini tozalash jarayonida yangi reagent sifatida natriy karbonatni qo‘lash natijasida og‘ir tuzlarning miqdorini 0,03% gacha pasaytirish imkonini bergan;
elektromagnit maydonli ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining KS/3-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sharoitida material texnologik sarflarni kamaytirishga, mahsulot sifatini va chiqimini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish