Xasanov Dilmurod Rasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Sun’iy intellekt usullari yordamida qishloq xo‘jaligi takroriy ekinlari hosildorligini bashoratlashning model va algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5651
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt usullaridan foydalanib qishloq xo‘jaligida takroriy ekin turini tanlash hamda hosildorlikni bashorat qilishning model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
takroriy ekin turini tanlashda formal nazariyaning induktiv mantiq yondashuviga asoslangan sonli predikatlar yordamida bilimlar bazasi qoidalarini boyitish algoritmi ishlab chiqilgan; 
qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimlar uchun bilimlar grafiga asoslangan bilimlar bazasini shakllantirishning mantiqiy-evristik yondashuvi ishlab chiqilgan;
intellektual tizimlarda bashoratlashni amalga oshirishda regression model matrisasiga asoslangan tegishli vektorlar mashinasi algoritmi eksponensial funksiyalar vektori asosida takomillashtirilgan;
tegishli vektorlar mashinasi algoritmi hamda statistik ma’lumotlar to‘plami yordamida takroriy ekinlar hosildorligini bashorotlovchi regression model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Statistik ma’lumotlar to‘plamidan qoidalar shakllantirish, mantiqiy qoidalarni sonli predikatlar bilan boyitish va bilimlar grafini hosil qilish hamda  hosildorlikni bashorat qilish uchun mavjud hamda taklif etilgan model va algoritmlardan foydalanib ishlab chiqilgan dasturiy majmua asosida: 
bashoratlovchi regression model matrisasiga asoslangan tegishli vektorlar mashinasi hamda sonli predikatlar bilan bilimlar bazasini boyitish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida va Jizzax viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida hosildorligi yuqori takroriy ekin turini aniqlash uchun joriy qilingan (Jizzax viloyati hokimligining 2025-yil 26-iyuldagi 04-553-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 06-avgustdagi 34-8/5531-sonli ma’lumotnomasi,  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 28-avgust 05/05-02-886-sonli ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy statistik usullar yordamida tanlangan takroriy ekin turi hosildorligiga nisbatan hosildorlikni 10% ga oshirish imkonini bergan;
bilimlarni bazasini shakllantirishning  mantiqiy-evristik yondashuvi asosida yaratilgan qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi dasturiy majmua “Yusuf-Karim” fermer xo‘jaligida va “Kattalar duosi” dehqonchilikka ixtisoslashgan xususiy korxonada joriy etilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2025-yil 26-iyuldagi 04-553-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuproq va iqlim xususiyatlarini inobatga olgan holda bashorotlovchi tizim tomonidan tanlangan ekin hosildorligi an’anaviy tanlov usullari yordamida tanlangan ekin turi hosildorligidan 11 % ga yuqori bo‘lgani qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish