Zafarov Olmosning ixtiro patentlari asosida o‘tkaziladigan 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi). “Qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish ushun ekspluatatsion ko‘rsatkishlari yaxshilangan ko‘p komponentli sementli kompozision materiallar”, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari doktori, DSc).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T845.
Ilimiy maslahatchi: texnika fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovish.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.08.2022.T.73.04.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish va ta’mirlash ishlarini samarali amalga oshirish ushun mo’ljallangan, ekspluatatsion ko’rsatkishlari (mustahkamlik, suv o’tkazmaslik, agressiv muhitlarga shidamlilik, uzoq muddatli barqarorlik) yuqori bo’lgan ko’p komponentli sementli kompozision materiallarni, shuningdek, ularni olishning yangi texnologik usullarini ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘p komponentli sementli kompozision materiallar asosida in’eksiya usulida qo‘llash uchun mo‘ljallangan, gidroizolyasion xossalarini yanada oshirish hisobiga uning ekspluatatsion xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beruvchi optimal tarkib ishlab chiqilgan (UZ IAP 7875);
ilk bor seysmik ta’sir zonalarida qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan sementli kompozision materiallarning mexanik va strukturaviy tahlili asosida, ularning mustahkamlovchi xossalarini yanada oshirish hisobiga uning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beruvchi optimal usuli yaratilgan (UZ IAP 7894);
ilk bor mineral qo‘shimchalar va modifikatorlar asosida ishlab chiqilgan, siqilish va egilishga yuqori darajada mexanik mustahkam, gidrofoblik xususiyatiga hamda agressiv muhit ta’siriga bardoshlilik qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p komponentli sementli kompozision materiallar asosida, ularning ekspluatatsion xossalarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi optimal beton qorishmasi tarkibi ishlab chiqilgan (UZ IAP 7892);
ilk bor seysmik barqarorligi kam bo‘lgan gruntlarni mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan sementli tarkibni, gruntning fizik-mexanik xossalariga ta’siri eksperimental va tahliliy jihatdan baholanib, ularni seysmik sharoitlarda samarali qo‘llash imkonini beruvchi texnologik echim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish ushun ekspluatatsion ko’rsatkishlari yaxshilangan ko’p komponentli sementli kompozision materiallarni ishlab shiqish bo’yisha olingan natijalar asosida quyidagi ishlanmalar joriy qilindi:
tarkibida natriy bentonit, metakaolin MK-40, fraksiyasi 0,1-0,4 mm bo‘lgan kvars qumi “PB-150-1”, natriy oleat, sellyulozali bog‘lovchi Technocel 1004-3Z va superplastfikator Glenium ACE 43 mavjud bo‘lgan beton inshootlardagi yoriq (darz)larni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan gidroizolyasiyali in’eksiya tarkibi “Ultra beton” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Mazkur korxonada 2025 yil 3 yanvardan 2025 yil 25 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 7875 “Beton inshootlardagi yoriq (darz)larni bartaraf etish uchun gidroizolyasiyali in’eksiya tarkibi” ixtiro patenti asosida bino va inshootlarning beton konstruksiyalaridagi yoriq (darz)larni bartaraf etish uchun 2827 m³ hajmdagi gidroizolyasiyali in’eksiya tarkibining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi. Shuningdek, ishlab chiqilgan gidroizolyasiyali in’eksiya tarkibi “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ hamda “STROY ALLIANSE SERVIS” MChJ korxonalarida ham ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 16 iyundagi 02/15-1964 sonli hamda Transport vazirligining 2025 yil 11 iyuldagi 4/E921 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu korxonalarda gidroizolyasiyali in’eksiyaning yangi tarkibini ishlab chiqarishga joriy qilish orqali 897,204 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
tarkibida portlandsement, 0,1-0,4 mm fraksiyali kvars qumi, 0-0,2 mm fraksiyali dolomit kukuni, kengaytiruvchi qo‘shimcha, polikarboksilatli superplastifikator Glenium C323 MIX hamda suv mavjud bo‘lgan seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun sementli qorishma tarkibi “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Mazkur korxonada 2024 yil 18 dekabrdan 2025 yil 12 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 7894 “Seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun sement aralashmasi” ixtiro patenti asosida seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun 2117 m³ hajmdagi sementli qorishma tarkibining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi. Ishlab chiqilgan seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun sementli qorishma tarkibi “Ultra beton” MChJ hamda “STROY ALLIANSE SERVIS” MChJ korxonalarida ham ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 16 iyundagi 02/15-1964 sonli hamda Transport vazirligining 2025 yil 11 iyuldagi 4/E921 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu korxonalarda seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun sementli qorishma tarkibini ishlab chiqarishga joriy etish orqali 732,543 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
- tarkibida portlandsement, N - izopropilakrilamidli tarmoqli polimer, polikarboksilat asosidagi giperplastifikator, to‘ldiruvchi sifatida 1:0,8 nisbatda granitni maydalashdan olingan qum 4,2 µm (mikrometr) va fraksiyasi 0,16-5 mm bo‘lgan tabiiy boyitilgan qum 1,5-2,5 µm (mikrometr)ning aralashmasi, modifikatorlar sifatida qo‘shimcha ravishda kalsiy gidrosilikat va poli - 1,7 - digidrobenzo - (1,2-D:4,5-D') - dioksazol - 2,6 - diil - 1,4 - fenilen tolasi, mikrokremnezem sifatida kondensatsiyalangan “MKU-85” mavjud bo‘lgan beton qorishmasi tarkibi “STROY ALLIANSE SERVIS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Mazkur korxonada 2024 yil 19 dekabrdan 2025 yil 29 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 7892 “Beton qorishmasi” ixtiro patenti asosida siqilish va egilishga yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lgan gidrofob hamda agressiv muhit ta’siriga bardoshli 2962 m³ hajmdagi beton qorishmasi tarkibining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarildi. Ishlab chiqilgan beton qorishmasi tarkibi “Ultra beton” MChJ hamda “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ korxonalarida ham ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 16 iyundagi 02/15-1964 sonli hamda Transport vazirligining 2025 yil 11 iyuldagi 4/E921 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu korxonalarda beton qorishmasining yangi tarkibini ishlab chiqarishga joriy etish orqali 787,100 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish