Ermatov Rustam Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompression paypoq mahsulotlari yangi assortimentini to‘qish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2 PhD/T5695.
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Sayfullo Lolashboevich, texnika fanlari doktori, professor; Qoraboev Sherzod Ahmadjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qima tuzulishi xususiyatlaridan kelib chiqib hamda kompressiya darajasini aniqlash usulini qo‘llab, kompression paypoq mahsulotlari yangi assortimentini to‘qish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy xomashyolardan foydalangan holda, kompression paypoq mahsulotining zarur qismlarida futer trikotaj to‘qima tuzilishlarini qo‘llash asosida kompression trikotaj mahsulotlarini olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
futer trikotaj to‘qima tuzilishidan foydalangan holda yangi assortimentdagi kompression paypoq mahsuloti ishlab chiqildi va uning kompressiya darajasini aniqlash maqsadida maxsus kompression bosimni o‘lchash qurilmasi yaratilgan;
meridional yoyning egrilik radiusi hamda simmetrik qobiq qalinligi orasidagi bog‘liqlik Laplas tenglamasi yordamida mahsulot hosil qilgan kompression bosim “to‘piq – boldir – son” sohalarida kamayib borishining chiziqli bo‘lmagan qonuniyati aniqlangan;
ishlab chiqilgan trikotaj to‘qimasining tuzilishi va rapportiga futer ipining halqadagi igna yoylari va tayoqchalari bo‘ylab joylashish xolati mahsulotlarga kerakli bo‘lgan kompressiya darajasiga ta’sir qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paypoq to‘quv avtomatlarida kompression paypoq mahsulotlarini olish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida;
turli rapportdagi futer trikotaj to‘qimasi asosida kompression paypoq mahsulotlarini olish usuli “Bravo Textile Corp” MChJ va “AZIA MAX INVEST” MChJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 7 avgust 2025 yildagi 04/25-1946-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga hamda xom ashyo sarfini 36% gacha kamaytirishga erishilgan, korxonalarda varikozga qarshi kompression paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.