Berdiev Sherzod Alimardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kultivator ishchi organlarining resursini oshirish uchun nitrooksidlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.07.02–“Qishloq xo’jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5143
Ilmiy rahbarlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshkabilov Xolikul Karshievich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Aminjon Nurillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Toirov Ilhom Jo’raevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kultivator ishchi organlarini nitrooksidlash yo’li bilan resursini oshirish texnologiyasini takomillashtirish orqali agregatdan foydalanish xarajatlarini, mehnat sarfini kamaytirish va ish unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kultivator ishchi organlari sirtida korroziyaga bardoshli va eyilishga chidamli diffuzion nitrid-oksid qoplamalari hosil bo‘lishi sirtlarini nitrooksidlash usuli bilan puxtalash orqali asoslangan;
kultivator ishchi organlari sirtini dastlab gazli muhitda azotlash va keyingi bosqichda suv bug‘larida oksidlash jarayonlari talab qilingan resurslarni ta’minlovchi kompozit nitrid-oksid qoplama olish texnologik rejimlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
kultivator ishchi organlari detallari sirtida korroziyaga bardoshli va eyilishga chidamli kompozit qoplama olishning maqbul rejimlari nitrid qatlamini oksidlashda hosil bo‘lgan qatlamdagi azot konsentratsiyasi va fazaviy o‘zgarishlar matematik talqinlari asoslarida aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida sirti puxtalangan kultivator ishchi organi materiali eyilishi miqdorining sirt qattiqligiga, tuproqning bosimiga va ishqalanish tezligiga bog‘liqliklari o‘zgarishining qonuniyatlarini ifodalovchi regressiya tenglamasi olingan;
kultivator ishchi organlari ishlash muddatining 2-3 martaga oshishi nitrooksidlash natijasida sirtlarda kam azotli γ'-nitrid va uning sirtida Fe3O4 dan iborat bo‘lgan korroziyaga va eyilishga bardoshli diffuzion nitrid-oksid qoplama shakllanishi natijasida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kultivator ishchi organlarining resursini oshirish uchun nitrooksidlash texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan natijalar asosida:
“Korroziyaga va eyilishga yuqori chidamli metall materiallar olish uchun nitrooksidlash texnologiyasi” tajriba-texnologik reglamenti ishlab chiqilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-144-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori resursli kultivator ishchi organlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
nitrooksidlab ishlov berishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida resursi orttirilgan kultivator ishchi organlar “Qarshi global agroservis” MChJ da dala sinovlardan o’tkazilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-144-son ma’lumotnomasi). Natijada kultivator ishchi organlarining ish resursi 2-3 martaga ortgan va ehtiyot qismlar sarfi kamaygan;
nitrooksidlash yordamida ishlov berilgan kultivator ishchi organlarini loyiha-konstruktorlik hujjatlari “Qarshi ta’mirlash zavodi” MChJ va “Agregat zavodi” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-144-son ma’lumotnomasi). Natijada nitrooksidlab ishlov berib, korroziya chidamliligi 6-8 marta va eyilishga chidamliligi 2-3 martagacha orttirilgan kultivator ishchi organlarini seriyalab ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.