Yangieva Nargiza Saidqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Foydani soliqqa tortishni takomillashtirish”. 08.00.07 – "Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2791
Ilmiy rahbar: Qurbanov Ziyot Niyazovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Botirovna  iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Giyasov Sarvar Azimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent,  Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida foydani soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining ruxsat etilgan miqdorini ikki barobariga oshirish bo‘yicha taklif berilgan;
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasini 1 foiz etib belgilash shartlari va eksport xizmatlari hajmi kalendar` yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini foyda solig‘idan ozod etish bo‘yicha taklifi asoslangan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan alohida umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni moliyaviy hisobotning 2-shakli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” va “Foyda solig‘i hisob-kitobi” soliq hisobotidagi ko‘rsatkichlarga moslashtirilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha soliq auditini o‘tkazish tahlil qilingan soliq xavfi darajasidan kelib chiqqan holda belgilash hamda tadbirkorlik sub’ektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaslik bo‘yicha taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Foydani soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) 2025 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etish to‘g‘risidagi taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1014-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” nomli 483-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlar ular ixtiyorida qolishi ta’minlanadi va nashr qilinayotgan mahsulotlarning tannarxi pasayadi va sifati yaxshilanadi. Buning natijasida nashriyot va matbaa korxonalari ixtiyorida 600,0 mlrd.so‘m mablag‘lar qoladi.
foyda solig‘i bo‘yicha har oyda bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining ruxsat etilgan miqdori 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonuni bilan Soliq kodeksining  340 -moddasiga o‘zgartirish kiritildi va quyidagi matnda bayon etildi: Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda o‘n milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning uchinchi -oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining miqdori oshadi va  byudjetga tushum ko‘payishi ta’minlanadi.
2025 yil 1 fevraldan boshlab 2030 yil 1 yanvarga qadar eksport xizmatlari hajmi kalendar` yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini (shu jumladan, royalti to‘lanadigan) ko‘rsatgan, O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslarini ushbu kalendar` yil yakuniga qadar foyda solig‘idan ozod etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 oktyabrdagi “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-157-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar bo‘yicha eksport salohiyati oshadi va raqamli iqtisodiyotning YaIM ulushining ko‘payishi ta’minlanadi hamda buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 350 mlrd.so‘m mablag‘lar qoladi.
soliqlar, shu jumladan foyda solig‘i bo‘yicha soliq auditini o‘tkazish tahlil qilingan soliq xavfi darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 yanvardagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 55-son qarori bilan “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, soliq tekshiruvlari, shu jumladan soliq auditini tayinlashda adolatlilik o‘rnatiladi va tadbirkorlarni himoya qilish kuchaytiriladi.
tadbirkorlik sub’ektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaslik bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 noyabrdagi “Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1000-son qonun bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga asosan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 137-moddasida o‘z aksini topgan topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi hamda ular uchun teng raqobat sharoitlari yaratiladi.
 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilash shartlari: jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda; har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda; soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-229-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 04322-son dalolatnomasi). Natijada, Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy qo‘llab quvvatlash yaxshilanadi hamda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy holati yaxshilanadi, shuningdek, adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish