Ubaydullaeva Aziza Hamroqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi sharoitida aksiz soligʻini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3527
Ilmiy rahbar: Voronin Sergey Aleksandrovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan  muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar:  Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent xalqaro Kimyo universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi sharoitida aksiz solig‘i solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada aksiz solig‘ining ijtimoiy samaradorligini oshirishga import qilinadigan va mamlakatda ishlab chiqariladigan sigareta mahsulotlariga qo‘llaniladigan turli xil darajadagi aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiya qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aksiz solig‘ining rag‘batlantiruvchi funksiyasini respublikada etil spirti ishlab chiqaruvchilari uchun uning alohida fraksiyalari, ya’ni, don distillyati uchun mahalliy va import mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari farqini kamaytirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
respublikada aksiz osti tovarlari diversifikatsiyasini kuchaytirishga tarkibida shakar va sun’iy shirinlashtiruvchi qo‘shimchalar bo‘lgan gazlangan (1 litr uchun 500 so‘m) va energetik ichimliklarga (1 litrga 2000) aksiz solig‘ini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
byudjet daromadlari o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada aksiz solig‘i tushumlarining 2030 yilgacha ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada aksiz solig‘ining ijtimoiy samaradorligini oshirishga import qilinadigan va mamlakatda ishlab chiqariladigan sigareta mahsulotlariga qo‘llaniladigan turli xil darajadagi aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiya qilish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni asosida Soliq kodeksining 2891-moddasi 1-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 04/41-3-3275-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida respublikada aksiz solig‘ining ijtimoiy samaradorligini oshirish, import qilinadigan va mamlakatda ishlab chiqariladigan sigareta mahsulotlariga qo‘llaniladigan turli xil darajadagi aksiz solig‘i stavkalarini birxillashtirish va shu orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga qaratilgan ayrim vazifalarni amalga oshirishga erishiladi;
aksiz solig‘ining rag‘batlantiruvchi funksiyasini respublikada etil spirti ishlab chiqaruvchilari uchun uning alohida fraksiyalari, ya’ni, don distillyati uchun mahalliy va import mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari farqini kamaytirish orqali takomillashtirish taklifi  O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni asosida Soliq kodeksi 2892-moddasining 1-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi № 04/41-3-3275-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada etil spirti ishlab chiqaruvchilarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshishiga erishiladi;
respublikada aksiz osti tovarlari diversifikatsiyasini kuchaytirishga tarkibida shakar va sun’iy shirinlashtiruvchi qo‘shimchalar bo‘lgan gazlangan (1 litr uchun 500 so‘m) va energetik ichimliklarga (1 litrga 2000) aksiz solig‘ini joriy etish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni asosida Soliq kodeksi 2891-moddasining 3-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 11 apreldagi 08/41-3-7890-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi respublikada aksiz osti tovarlari diversifikatsiyasini kuchaytirish, byudjetga aynan shu yo‘nalishdan kelib tushgan mablag‘larni kasalliklarni davolash va oldini olish (sog‘lom turmush tarzi)ga yo‘naltirishga xizmat qiladi; 
byudjet daromadlari o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada aksiz solig‘i tushumlarining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2025 yilga mo‘ljallangan parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 04/41-3-3275-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida respublikada aksiz solig‘i tushumidan keladigan daromad hisobiga ijtimoiy sohani moliyalashtirish samaradorligini oshirishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish