Nishanova Xafiza Vafokulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasiga oid atamalarni axborot texnologiyalari vositasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Ingliz tili fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped3147
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jumanazarov Umidjon Umirzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitish sharoitida talabalarning xorijiy til kompetentligini turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitishda axborot texnologiyasi orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turizm leksikasini o‘rgatishda scaffolding metodi va raqamli texnologiyalaridan foydalanish texnikasini takomillashtirishning nazariy-ilmiy va metodologik asoslari ingliz tili misolida qiyosiy o‘rganilgan;
turistik nutq terminlarining ingliz tili kontekstida lisoniy takomili ochib berilib, komparativistik, semantik, “kommunikativ til o‘qitish” yondashuvlari asosida raqamli texnologiyalaridan (interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia taqdimotlari, o‘quv ilovalari) foydalanish samaradorligi asoslab berilgan;
kommunikativ va leksik kompetentlikni rivojlantiruvchi turistik diskurs orqali talabalarning ingliz tilidan qabul qiluvchi (receptive) va ishlab chiqaruvchi (productive) ko‘nikmalarini kompyuterga asoslangan ta'lim, ma’lumotlarga asoslangan ta’lim, mobil ta’lim yondashuvlari asosida rivojlantirishning pedagogik jarayon modeli takomillashtirilgan;
turizm terminologiyasini autentik materiallar vositasida kontekstga moslashtirilgan dinamik til oʻrganish metodikalari integratsiyasi hamda innovatsion yondashuvlar asosida talabalarning lingvistik, leksik, kasbiy va nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini o‘qitish sharoitida turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitishda axborot texnologiyasi orqali takomillashtirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilini o‘qitish jarayonida turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, onlayn axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshrishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 31-iyuldagi 04/11-9765-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitish kontekstida turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan, jumladan, interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia taqdimotlari, o‘quv ilovalari orqali o‘qitishning axborot-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
xorijiy til kontekstida kommunkativ va leksik kompetentligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi hamda turizmga oid terminlarni bosqichma-bosqich o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonidagi ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 31-iyuldagi 04/11-9764-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz til kompetensiyalarini rivojlantiruvshi interfaol metodikalari ingliz tili o’qitish jarayonida modifikatsiyalash va til kompetensiyalarini integrativ, Computer-based learning, Data-driven learning, Mobile learning yondashuvlari asosida oshirish metodikalari va pedagogik jarayon modeli optimallashtirilgan;
zamonaviy yondashuvlar asosida talabalarning lingvistik, leksik, kasbiy va nutq ko‘nikmalarini autentik materiallar vositasida turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitishda kontekstga moslashtirilgan dinamik til oʻrganish metodikalari integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy lohiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yil 31-iyuldagi 04/11-9766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-metodik ta’minoti yaratilgan, va rivojlantirish mexanizmlarining takomillashtirilishiga xizmat qilgan.